«Kardiff Siti»ning yangi futbolçisi Emiliano Sala Fransiyadan Uelsga parvoz çoğida ğoyib böldi.

L’Equipe naşri xabariga köra, 21 yanvar kuni futbolçi «Nant»dagi sobiq jamoadoşlari bilan xayrlaşgan va Uelsga yetib oliş uçun xususiy samolyotga çiqqan. Ammo samolyot qönişga taxminan bir soat borligida radarlardan yöqolgan. Samolyot aeroportga yetib kelmagaç, uni qidiriş uçun ikki vertolyot va bir neça qidiruv kemalari yöllangan. Ayni vaqtda Normand orollari yaqinida qidiruv işlari davom etmoqda.

«Kardiff Siti» Salani qişki transferlar vaqtida öz tarixidagi rekord qiymatga - 20,5 mln yevroga xarid qilgandi. Argentinalik forvard yangi klubi bilan 2022 yil yozigaça şartnoma imzolagandi.

28 yoşli futbolçi Fransiya çempionatining joriy mavsumi birinçi davrasida 19 uçraşuvda maydonga tuşib, 12 gol urgan va 2 golga uzatma bergandi.