Jahon | 08:21 / 22.01.2019
7718
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh va KXDR razvedkalari 10 yildan buyon aloqada

Foto: Anthony Wallace/AFP/Getty Images

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi va KXDR razvedka xizmatlari 10 yil davomida aloqada bo‘lib kelmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal AQSh rasmiy shaxslariga tayangan holda xabar qildi.

Ta'kidlanishicha, 2009 yildan buyon ikki mamlakat «maxfiy maslahatlashuvlar» o‘tkazgan hamda ular o‘rtasida maxsus aloqa kanali bo‘lgan. Xususan, aynan shu kanal tufayli Donald Tramp va Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuvni tashkillashtirishga erishilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR AQShga talab qo‘yishi xabar berilgandi.

Munhwa Ilbo’ning manbalarga tayangan holda xabar berishicha, KXDR Mehnat partiyasi MQning yagona front bo‘limi mudiri Kim Yon Chxol AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan rejalashtirilayotgan muzokaralar davomida tinchlik bitimini imzolash bo‘yicha talab qo‘yadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid