2019 yilning 20 yanvar kuni Samarqand viloyati Paxtaçi tumani Istiqlol mahallasida joylaşgan “Xöja Ziyovuddin jome masjidi”ning tom qismi 40 kv metr maydonda yonib zararlangan.

Foto: dyxx.uz

Özbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi xabariga köra, yonğinni taxminiy kelib çiqiş sababi - masjidning tom qismiga örnatilayotgan gumbazni payvandlaş jarayonida yonğin xavfsizligi qoidalarining buzilişi. 

Foto: dyxx.uz

Yonğinni bartaraf etişga 5 ta yonğin öçiriş ekipajlari jalb etilgan. Körilgan tezkor harakatlar natijasida yonğindan binoning 181 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar yöq.

Foto: dyxx.uz