Şveytsariyaning Davos şahrida Jahon iqtisodiy forumi boşlandi. Bu forum butun dunyodagi siyosiy va işbilarmon doiralarning köplab vakillarini bir joyga töplaydi.

Qayd etiş joizki, BMT Xavfsizlik kengaşining doimiy a'zolari (AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy va Rossiya) 49-forumda mamlakat rahbarlari va boş vazirlari darajasida taqdim qilinmagan.

Joriy sammit iqlim özgarişi, Yaman va Suriyadagi inqirozlar, populizmning ösişi, migratsiya muammosi, noçorlikka qarşi kuraş, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan çiqişi jarayoni, jahon iqtisodiyoti ösişi sekinlaşişi va markaziy banklarning kelgusida bölişi mumkin bölgan stagnatsiyaga munosabatiga bağişlanadi. 

AQŞ prezidenti Donald Tramp şatdaun, Buyuk Britaniya boş vazir Tereza Mey esa breksit bilan boğliq inqiroz sababli sammitda iştirok etmaydi.

Yevropa OAVning ta'kidlaşiça, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sammitda iştirok eta olmasligini Fransiyada uzoq vaqtdan beri tinçimayotgan norozilik namoyişlari bilan asoslagan. 

Sammitda dunyo yetakçilaridan Germaniya kansleri Angela Merkel, Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe, Belgiya boş vaziri Şarl Mişel va Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru iştirok etişi kutilmoqda.

Davosdagi sammit 2,5 mingga yaqin iştirokçini qabul qiladi.