Grenlandiyani qölga kiritiş istagi haqida gapirarkan, u buni «kiçik iltimos» deb atagan. Şuningdek, Tramp AQŞning NATO mavjudligiga qöşgan hissasi hamda Xitoyning şamol energetikasi haqida gapirgan.

Uning bir soatdan ortiq davom etgan nutqida bir qator yolğon da’volar ham bor edi. BBC faktçeking xizmati (BBC Verify) uning nutqini sinçiklab tekşirib, şunday xatolarni keltirdi.

AQŞ Ikkinçi jahon uruşidan keyin «Grenlandiyani Daniyaga qaytargan»mi?

Sönggi haftalarda Tramp bir neça bor Grenlandiyani qölga kiritiş istagi haqida gapirdi – Daniya qirolligi tarkibiga kiruvçi mazkur hudud keng avtonomiyaga ega hisoblanadi.

Tramp Grenlandiya AQŞga milliy xavfsizlikni ta’minlaş uçun kerakligini aytib keladi.

Davosda u Ikkinçi jahon uruşidan keyin AQŞ «Grenlandiyani Daniyaga qaytargani»ni aytib, şunday qöşib qöydi: «Bu biz tomonimizdan naqadar ahmoqlik bölgandi».

Ammo Grenlandiya heç qaçon Amerikaniki bölmagan – şunday ekan, AQŞ uni «qaytara olmasdi».

1933 yilda xalqaro sud (BMT Xalqaro sudining ötmişdoşi) Grenlandiya Daniyaga tegişli ekani haqida qaror çiqargan.

1941 yilda – Daniya natsistlar Germaniyasi tomonidan egallab olinganiga bir yil bölganida – AQŞ va Daniya vakillari ulkan orol natsistlar qöliga ötişining oldini oliş uçun AQŞ Grenlandiyani himoya qilişini közda tutuvçi kelişuv imzolaydi.

Uşbu kelişuvdan keyin Amerika orolda bir qança harbiy bazalar quradi va u yerlarga öz harbiylarini joylaştiradi.

Ammo bu kelişuv suverenitetni topşirişni nazarda tutmagan, ya’ni Grenlandiya heç qaçon AQŞ hududi bölmagan.

AQŞ NATO mudofaa ehtiyojlarining «deyarli 100 foizi»ni qoplaganmi?

AQŞ prezidenti NATOni tanqid qildi va Qöşma Ştatlar tölayotgan badal pullari Şimoliy Atlantika alyansi budjetiga tuşadigan barça badal pullarining deyarli 100 foizini taşkil etişini ta’kidladi.

U NATOga a’zo davlatlarning uluşi minimal darajada bölgani, «ular ilgari 2 foizni ham qoplamagani, endi esa 5 foizini tölayotgani»ni aytgan.