«Nitssa» hujumçisi Mario Balotelli erkin agent maqomida «Marsel»ga ötdi.

Provansalliklar 28 yoşli italiyalik bilan mavsum oxiriga qadar şartnoma imzoladi. «Marsel» Balotelliga 4 million yevro maoş tölaydigan böldi. Agar Mario 10ta gol ursa 600 ming yevro, özini yaxşi tutib, axloq me'yorlaridan çetga çiqmasa yana 800 ming yevro miqdorida bonus oladi.

Balotelli «Nitssa»ga 2016 yilda ötgan edi. U jami 61ta öyinda maydonga tuşib, 33ta gol urdi.

Uşbu futbolçi «Inter», «Mançester Siti», «Milan» va «Liverpul» klublarida ham öynagan.