Amerikalik milliarder va Citadel xej-fondi asosçisi Kennet Griffin Nyu-Yorkdagi haşamatli pentxausni 238 mln dollarga sotib oldi. Bu narx AQŞda uy-joy sotib oliş böyiça rekord narx va dunyodagi eng katta narxlardan biri böldi.
AQŞdagi avvalgi rekord xej-fondlar menejyeri Barri Rozenşteyn 2014 yilda Nyu-York yaqinida 137 mln dollarga uy sotib olganda örnatilgan. Bu boradagi jahon rekordi haqida gapiriladigan bölsa, Hongkongda 2017 yilda 361 mln dollarga uy sotib olinişi eng qimmatbaho bitim hisoblanadi.
Griffin uçun uşbu bitim köçmas mulk bilan birinçisi emas. U bir neça kun avval Çikagodagi kondominiumda bir neça qavatni 58,8 mln dollarga sotib olgan. Milliarder 2012 yilda Palm Biçda uy quriş uçun 250 mln dollarga yer sotib olgandi. Şuningdek, Griffin yaqinda Londonda ham 122 mln dollarga uy sotib olgan.
Milliarder vakilining aytişiça, Citadel fondi Nyu-Yorkda yangi ofisini oçmoqda va Griffin şu munosabat bilan şaharda öziga uy qidirgan. U tomonidan sotib olingan 4 qavatli pentxaus markaziy boğ yaqinida qurilayotgan 79-qavatli binoning 50-53-qavatlarida joylaşgan. Apartamentlarning maydoni 2230 kvadrat metrni taşkil qiladi va unda mebel jihozlari yöq. Ta'kidlanişiça, Griffin pentxausni jihozlaş uçun yana mömaygina pul sarflaşiga töğri keladi.
2019 yil yanvar holatiga köra, Griffinning boyligi 9,9 mlrd dollarni taşkil qiladi va u AQŞning eng boy odamlari orasida 52-örinni egallaydi.









