Farğonaça köçiriş. Içida odam yaşayotgan uylar buzilmoqda
|01:10 / 25.01.201963 65210 min
Keyingi kunlarda internetda Farğona şahri markazidagi uylar egalari köçmay turib buzilayotgani, bu esa köp yillardan beri yaşab kelayotgan uyini taşlab, şahar çekkasidagi hududga köçişni istamayotgan aholining keskin noroziligini keltirib çiqargani töğrisida xabarlar tarqaldi.
Holatga oydinlik kiritiş maqsadida Farğona şahridagi, xalq tili bilan aytganda «Gidroliznyy» deya ataluvçi mazkur hududga yöl oldik.
Farğona şahrining Alişer Navoiy, Sohibqiron Temur va Forobiy köçalari kesişmasida joylaşgan 2 qavatli uylar yonidamiz. Bu yerda juda asabiy holat hukm surmoqda. Buning sababiga esa quyida mufassal töxtalamiz.
Muammo nimada?
Şu yilning 2 yanvar kuni «Gidroliznyy» şaharçasida joylaşgan 12ta köpqavatli uylarda yaşayotgan aholiga şahar hokimligi vakillari tomonidan qöqqisdan «uylaring snosga tuşdi» deya xabar beriladi.
Avvaliga mutasaddilar xonadon egalariga uylari sotib olinişini aytişgan. Keyin esa, birinçi bosqiçda buzilişi közda tutilgan 8ta uydagi 62 xonadon - Farğona şahar, Registon köçasida yangi qurilgan köpqavatli uydagi xonadonlarga köçirilişi bildiriladi.
Xalqda şunday naql bor: «Quşning ham uyasi buzilmasin». Buzilişi kutilayotgan uylarda yaşovçi aholining ma'lum bir qismi yangi uylarga köçişni istamaydi. Ma'lum qismi köç-köronini kötarib köçib ötadi.
Mutasaddilar esa zudlik bilan uylarni buzişga kirişadilar. Ayni paytda, 8ta uy joylaşgan hududda bir neça uy butunlay buzilib bölgan, buziş işlari davom etmoqda. Ajablanarlisi, buzilayotgan uylarda hali ham çiqib ketişni istamayotgan kvartira sohiblari bor.
Ayni paytda hokimlik vakillari içki işlar xodimlari bilan xonadondan köçib çiqişni istamayotgan aholi örtasida tuşunmovçilik va tortişuvlar kelib çiqqan.
Mavzuga oid
Buzilayotgan uylardagi holat bilan tanişdik. Odamlar uyning tomlari oçilib, elektr va gaz uzilayotganiga qaramay, sovuq kunda öz xonadonlarida qolişgan. Ular hokimlik taqdim etgan uylarga köçişni umuman istaşmayapti. Masalan, 32-uyda 4ta xonadon yarim buzilgan uyda yaşamoqda.
Xöş, aholi nega yangi uylarga köçib ötişni istamayapti?
Vyalşin Milan. 32-uydagi 4 «A» xonadon sohibi
— Şaxsan men yangi uyga köçib ötişga qarşi emasman. Faqat, şahar hokimligi tavsiya qilgan xonadon xuddi özimnikidek, şahar markazida bölişi kerak. Hozirgi köçib ötişga majbur bölgan joyimiz şahar çekkasida. Bu meni qoniqtirmaydi. Özingiz körib turibsiz, uyimiz buzilyapti, lekin hokimlik bizga xuddi özimiznikidek şaroitdagi yaşaş joyini topib bergani yöq. Uyning tom qismi buzilib böldi. Agar qor yoki yomğir yoğsa, ahvolimiz juda çatoq. Köçib çiqib ketmaganlar orasida 90 yoşli qari onaxon ham bor.
Dilfuza Aripova. 40-uy, 5-xonadonda yaşaydi
— Bizning oilamiz ham köçib ketgani yöq. Sababi, bizga berilişi lozim bölgan uylarni borib kördim. Şahar çekkasida, transport yönalişidan uzoq, qaysidir zavodning çiqindisi oqqani uçun DSENM yaşaşga noloyiq deb topgan joylar ekan. Biz farzandlarim, nevaralarim bilan şahar markazida, boğçaga, öqişga boriş uçun şart-şaroitimiz a'lo joyda yaşayotgan edik. Şahar hokimligi nega markazda qurilayotgan uylardan bermay, çekka hududdagi uylarni tavsiya qilyapti? Eng yomoni, hozir uyimizni buzayotgan quruvçi yigit uy tomining bir tomoni buzib bölingani, yoğingarçilik bölsa, suv ostida qolişimizni aytib ketdi. Ğamda qoldik.
Uylarni nega buzişyapti?
Yuqorida aytganimizdek, hududga borib, hokimlik mutasaddilari ğalvaning markazida turganini kördik. Uylar buzilişini hokimlik va IIB xodimlaridan taşkil etilgan «ştab» vakillarining nazoratida ekan. Jarayonga rahbarlik qilib turgan şahar hokimining örinbosari Şarifjon Niyazmetovga murojaat qilib, undan uylar nega buzilayotganini söradik.
«Mana şu uylar örnida janubiy koreyalik tadbirkorlar tomonidan mehmonxonalar kompleksi quriladi. Çet ellik işbilarmonlar tomonidan bunyod etiladigan 16 qavatli mehmonxona va soğlomlaştiriş majmualariga 98 million AQŞ dollari miqdorida investitsiya kiritilişi közda tutilgan. Bu yerda yaşovçilarni esa, yangi qurilgan uylarga köçiryapmiz. Hozir 62ta xonadondan 47tasi köçib ötdi. Ular öşa yerdagi şaroitlardan juda xursand. Borib körişingiz ham mumkin», deydi hokim örinbosari.
Lekin u kişi kamera qarşisida gapirişga rozi bölmadi va özini suratga tuşirişga ham ruxsat bermadi.
«Özi çiqmagan joyimiz qolmadi. Meni suratga olmang! Savollaringizga javob berayapman-ku?», degan gapidan söng kamerani qaytib unga qaratmadik.
Ayni vaqtda 8ta uyda buziş işlari ketyapti. Köçib çiqib ketişni istamayotgan aholi bilan esa muammolar juda köp. Uylarni tom qismidan buziş boşlangan. Biroq norozilar köçmay öz uylarida yaşaşmoqda. Mutasaddilar eşikni taqillatib borsa oçmayotgan xonadonlar ham bor.
Hokimlik va aholi örtasidagi kelişmovçilik
Endi asosiy mavzuga ötsak. Aholi nimadan norozi?
Ayni paytda köçişni istamayotgan kişilar bilan uzoq suhbatlaşdik. Hokimlik tavsiya qilgan uylarga borişni xohlamayotganlar yangi joydagi şaroit qoniqtirmayotganini aytişdi.
Darhaqiqat, ularning hozirgi joyi Farğona şahrining qoq markazida.
«Onamning yoşi töqsondan ötdi. Juda köp kasal böladi. Bizga kasalxona, poliklinika, dorixonalar yaqin bölgan joy zarur. Men yangi uyda qiynalaman. Axir, hozirgi uyimiz şahar markazida bölgandan keyin, bizga markazda qurilayotgan uylar berilişi kerak emasmi? Qon bosimi bilan kasal öğlim Viktor Aristov mana şu asabbuzarliklar sabab olamdan ötdi», -deydi Tatyana Vasileva.
Viktor onasi va ukasi bilan birga yaşagan. Gipertoniya kasalligidan aziyat çekkan. Mojaro vaqtida ahvoli oğirlaşib, şifoxonaga olib borilgan, ammo uning hayotini saqlab qola olişmagan.
Uning qöşnisi Maksim Sidorov ham öz fikrini bildirdi: «Şaharda yangiliklar bölişi, investorlarning kelişi, yangi-yangi çiroyli binolar qurilişiga qarşi emasmiz. Faqat şahar markazida buzilayotgan uyimiz örniga, şahar markazidan uy berişsa böldi. Axir Farğona şahri markazida juda köp yangi uylar bityapti-ku?».
38-uyda yaşayotgan Akmaljon Ermatov ham hali köçib ketmabdi.
«Avvaliga, hokimiyatdanmiz deb telefon qilişib, uyimiz uçun 17 ming dollar atrofida pul berilsa, rozi böliş-bölmasligimizni söraşdi. Keyin Registondagi uylar varianti paydo böldi. Onam, ayolim va uç farzandim bilan yaşayman. Hokimiyat berayotgan hozirgi uylarga emas, şahar markazidan berişsa köçib ötamiz. Uylarni borib kördik. Holati bizga yoqmadi», - deydi u.
Biz bir soat içida xonadon egalari va hokimlik vakillari örtasidagi tortişuvlarga ham guvoh böldik.
Odamlar bilan suhbat davomida, şuni angladikki, xonadon egalari ularga şahar markazidan uy tavsiya qilinmaganidan, hali köçib ulgurmasidan uylarini buzişni boşlaganliklaridan norozi.
Hokimlik tavsiya qilgan uylar
«Gidroliznyy»da yaşagan 47ta xonadon egalari şahar hokimligi tomonidan berilgan Registon köçasidagi köpqavatli uylarga köçib ötibdi. Şahar hokimligi vakillari bilan öşa manzilga bordik. Xonadonlarga kirib, yaşaş şaroitlarini örgandik. Yangi kelganlar bu yerdagi şaroitlardan xursandligini, gaz va elektrdan uzilişlar yöqligini aytib ötişdi.
Biroq, «Gidroliznyy»da hali Registon köçasidagi uylarga köçib ötişni istamagan 12ta xonadon bor. Xonadon egalari va hokimlik vakillari örtasida tortişuvlar davom etmoqda.
Xulosa şuki, Farğona şahar hokimligi mazkur xonadon egalari bilan muzokaralarga kirişib, masalani ijobiy hal qilişning çorasini topişi zarur.
Odamlar hali istiqomat qilayotgan uylarni, ular köçib çiqmagunlariça buzişdan töxtatib turiş lozim. Ularning aytişiça, kunduzi buziş işlari ketayotgan paytda elektr va gaz uzib qöyilib soat 17larda berilmoqda.
Şahar yangi qiyofaga kirsa, investorlar öz mablağlari bilan zamonaviy binolar, işlab çiqariş korxonalari qursa, texnologiya olib kirsa, mahalliy aholini iş bilan ta'minlasa qanday yaxşi! Yurtda ketayotgan tub islohotlarning asosiy talabi ham şu.
Biroq, barça islohotlar va özgarişlar zamirida inson manfaatlari yotadi. Yangi loyihalar boşqa fuqarolarga noqulaylik tuğdirmasligi, zarar keltirmasligi şart. Mahalliy hokimiyat vakillari esa birinçi navbatda mana şu jihatlarni e'tiborga olişlari zarur.
Holbuki, hokimlik odamlarni majburlab şahar çetidagi, şaroitlari yetarli darajada qoniqarli bölmagan uylarga köçirmasdan, buziladigan uylarni baholab, pulini uy egalariga berganida, six ham kuymasdi, kabob ham. Heç kim vafot etmasdi ham. Uyi uçun yetarli mablağ olgan odamlar heç qanday e'tiroz bildirmasdan, şahar markazidan yangi uy sotib olişi, bu mojaro butun dunyoga doston bölmasligi ham mumkin edi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi