Yaponiya terma jamoasi Osiyo Kubogi çorak finali doirasida Vetnam bilan bahs olib bordi va penaltidan urilgan yagona gol evaziga keyingi bosqiçga çiqdi.
Şu tariqa, «samuraylar» qit'a birinçiligi final bosqiçlaridagi mağlubiyatsiz seriyasini 16ta öyinga yetkazişdi. Yaponiya sönggi marta 2007 yilgi Osiyo Kubogi yarimfinalida Saudiya Arabistoniga yutqazgan edi (2:3). Uşbu terma jamoa şundan keyingi 16ta öyindan 12tasini ğalaba bilan yakunladi, 4ta durang qayd etdi. Kuçlar teng kelgan bahslarning uçtasi pley-off bosqiçiga töğri keladi: yaponlar şunça marotaba penaltilar seriyasida qatnaşgan bölib, ularning faqat bittasida raqibdan köra omadliroq çiqişgan.
Uşbu mağlubiyatsiz seriya 2007 yilgi Osiyo Kubogidagi uçinçi örin uçun bahsda boşlangan bölib, öşanda yaponlar Janubiy Koreya bilan 0:0 hisobini qayd etişgan, penaltilar seriyasida esa yutqazişgandi. Jamoa 2011 yilda çempionlikka erişgan, 2015 yil esa yana futbol lotereyasidagi omadsizlik sabab BAAga imkoniyatni boy berib, çorak finaldayoq kuraşni töxtatişgandi.
Bu galgi qit'a çempionatida Yaponiya guruh bosqiçida Turkmaniston, Ummon va Özbekiston terma jamoalarini mağlub etdi, nimçorak va çorak finallarda Saudiya Arabistoni va Vetnamdan 1:0 hisobi bilan ustun keldi. Hadzime Moriyasu qöl ostidagi jamoa yarim finalda Xitoy–Eron juftligi ğolibi bilan töqnaş keladi.




















































