OFK kubogi mintaqalararo yarimfinali doirasida «Söğdiyona» öz maydonida Honkongning «Ister» klubiga qarşi saf tortdi.

Jizzaxda 10 mingga yaqin tomoşabin qarşisida ötgan hal qiluvçi pley-off bahsida Uluğbek Baqoyev murabbiyligidagi jamoa qiyin ğalabaga erişdi. Zaxiradan maydonga tuşgan Vitaliy Denisovning uçraşuvning asosiy vaqti yakunlanişiga beş daqiqa qolganida jarima maydoniga yetkazgan uzatmasini Şoxruz Norxonov darvozaga yöllab, «Söğdiyona»ning keyingi bosqiçga yöllanma olişini ta’minladi – 1:0.

Şu tariqa, Jizzax klubi öz tarixida ilk marta OFK kubogi mintaqalararo finalida, turnir yarimfinalida öynaydi. Yarimfinaldagi raqib jamoa nomi 7 sentabr kuni Hindistonning «Mohun Bagan» va Malayziyaning «Kuala-Lumpur Siti» örtasidagi bahsda ma’lum böladi. 

OFK kubogi. Mintaqalararo yarimfinal.
«Söğdiyona» - «Istern» (Honkong) – 1:0
Jizzax, «Söğdiyona» stadioni.
Hakamlar: Ahmad Al Ali (Kuvayt)
Gol: Şoxruz Norxonov 85.
«Söğdiyona»: 27.Milan Mitroviç, 2.Sardor Qulmatov, 6.Iskandar Şoyqulov, 7.Şahboz Jörabekov (17.Husniddin Ğofurov, 73), 10.Şoxruz Norxonov, 11.Jasur Hasanov, 19.Javohir Qahramonov, 31.Luka Çermel, 39.Şavkat Salomov (26.Vitaliy Denisov, 55), 77.Daniel Nasriddinov (21.Abdujalil Manazarov, 55), 93.Darko Kolakoviç.
«Istern»: 1.Yap Hung Fay, 2.Jojo Aleksandr (5.Zu Kang Ming, 90), 3.Tamirlan Kozubayev, 4.Vu Çun Ming (42.Yuyeng Tung Ki, 89), 9.Viktor Bartameu, 11.Vong Xo Çun (13.Çu Vai Kvan, 76), 16.Leung Çun Pong, 22.Leung Kvun, 23.Sun Ming Hyon, 27.Markos Gondra, 30.Vong Ho.