Davosda 25 yanvar, juma kuni 49-yillik Jahon iqtisodiy forumi öz işini yakunladi. Tadbirning sönggi kunida uning raisi, Norvegiya sobiq taşqi işlar vaziri Borge Brende siyosatçilarni barça uruşlar va nizolarni töxtatişga çaqirdi.
Brendening ma'lum qilişiça, tinçlikka erişmasdan ham iqtisodiy, ham ijtimoiy rivojlaniş mumkin emas. Uning qayd etişiça, Davosda sönggi kunlarda köp sonli ziddiyatlardan çiqiş yöllari muhokamasi röy berdi - xususan, Yaqin Şarqdagi mojaro, Şimoliy Koreyaning yadro dasturi va Suriyadagi fuqarolik uruşi masalalari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle.
Davosdagi hozirgi forum AQŞ va Fransiya prezidentlari Donald Tramp hamda Emmanuel Makron, şuningdek, Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Meysiz ötkazildi. Forum şiori quyidagiça şakllantirildi: «Globallaşuv 4.0: törtinçi sanoat inqilobi asrida global me'morçilikni izlab».












