Markaziy bank 2019 yil uçun inflatsiyaning bazaviy prognozini 13,5-15,5% darajasida saqlab qoldi. Bu haqda MB xabarida aytiladi.
Prognozlarga köra yillik inflatsiya darajasi fevral-mart oylarida özining eng yuqori darajasiga yetganidan söng pasaya boşlaydi, biroq iyun oyida elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarining navbatdagi oşirilişi inflatsiya pasayişi sur'atini sekinlaştirişi mumkin.
2019 yilda inflatsiya sur'ati tezlaşişining asosiy xatarlari iqtisodiyotda yuqori inflyatsion kutilmalarning saqlanib qolişi, QQS böyiça yangi tölov mexanizmining joriy etilişi hisobiga alohida tovar va xizmatlar narxlarining ösişi, şuningdek energiya resurslari narxlari oşirilişining ikkilamçi ta'siri kölamining kengayiş ehtimolining mavjudligi bilan boğliq.
Pul-kredit siyosatining amaldagi yönalişining saqlab qolinişi, kreditlar böyiça imtiyozlar berişning yangi mexanizmini samarali joriy etilişi, budjet xarajatlari va defitsitining belgilangan parametrlar doirasida bölişi, şuningdek soliq islohotlarining muvaffaqiyatli tatbiq etilişi inflyatsion jarayonlarni sekinlaşişiga yordam beradi. Markaziy bank mazkur şart-şaroitlarning tölaqonli amalga oşişi ta'minlanganda 2019 yilning birinçi yarim yilligi yakunlari böyiça inflatsiya prognozini qayta körib çiqişi mumkin.









