Agarda Nikolas Maduro sakkiz kun içida mamlakatda saylov ötkazilişini e'lon qilmasa, Ispaniya, Fransiya va Germaniya Venesuela muxolifati rahbari Xuan Guaydoni mamlakatning vaqtinçalik prezidenti deb tan oladi.

"Agarda sakkiz kun içida saylov haqida e'lon qilinmasa, Ispaniya Guaydoni Venesuelaning vaqtinçalik prezidenti deb tan oladi", dedi Ispaniya hukumati raisi Pedro Sançes.

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron ham Twitter sahifasida "Agarda sakkiz kun içida saylov e'lon qilinmasa, biz siyosiy jarayon boşlanişi uçun Guaydoni "vaqtinçalik prezident" deb tan olişga tayyormiz" deb yozdi.

Germaniya vazirlar mahkamasi vakili Martina Fits ham Twitter sahifasida Venesuelada sakkiz kun içida saylov e'lon qilinmasa, Guaydoni vaqtinçalik prezident deb tan olişga tayyorligini bildirdi Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaydo 23 yanvarda mamlakatda muvaqqat hukumat amal qilişi vaqtida özini mamlakatning vaqtinçalik rahbari deb e'lon qildi. AQŞ Guaydoni prezident deb tan olişini e'lon qilgan va Venesuela prezidenti Nikolas Madurodan muxolifatga qarşi kuç işlatmaslikni talab qilgan. 

Maduro özini konstitutsiyaviy prezident deb e'lon qilgan, muxolif parlament rahbari Guaydoni esa “AQŞ qöğirçoği” deb atagan. Ayni vaqtda AQŞdan taşqari, Guaidoning vaqtinçalik prezident maqomini Kanada, Argentina, Braziliya, Çili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Panama, Paragvay va Peru tan oldi.