Madaniy meros obektlari va davlat muzeylarida smart-texnologiyalarini amalda rivojlantiriş maqsadida Buxoro davlat muzey- qöriqxonasi tizimidagi «Ark» viloyat ölkaşunoslik muzeyida audiogid joriy etildi. Bu haqda viloyat hokimligi Kun.uz'ga ma'lum qilgan.
Ma'lum qilinişiça, Ark qörğoni haqida ma'lumot beruvçi ekskursiya matnlari özbek, rus, ingliz tillarida tayyorlanib, ovozlaştirilgan.

«Tizim 9 bölimdan iborat bölib, Ark qörğoni tarixi va undagi ekspozitsiyalar, eksponatlar töğrisida ma'lumot beradi. Uşbu innovatsion texnologiyaning afzallik jihati şundaki, uni buyurtma qilgan sayohatçi Ark qal'asi tarixi haqidagi aniq va asoslangan tarixiy ma'lumotlarga hamda viloyat ölkaşunoslik muzeyida namoyişga qöyilgan noyob, nodir aşyolar töğrisida ma'lumotlarga ega böladi», – deyiladi axborotda.

Şuningdek, muzey-qöriqxona tizimidagi «Ark» viloyat ölkaşunoslik muzeyi va «Sitorai Mohi-Xossa» xalq amaliy bezak san'ati muzeylarining 3D virtual muzey dasturi tayyorlandi. Viloyat telekommunikatsiya tizimi tomonidan muzeylarda va tarixiy obektlarda bepul WI-FI tizimi joriy etildi.












