Köproq tabassum qiling, döst toping va hordiq haqida unutmang.

Foto: Layfxaker

1. Bajarayotgan işingizning mohiyatini tuşuning

1983 yilda Stiv Jobs Apple’ning bölajak boş direktori Jon Skallini özining PepsiCo kompaniyasidagi işini taşlaşga işontiriş uçun bor-yöği bitta savol berdi: «Hayotingizning qolgan qismini limonad sotiş bilan ötkazişni istaysizmi yoki hayotni özgartirişni xohlaysizmi?». Nima uçun bu savol şu qadar samarali? U tasavvurni uyğotgan va kişiga ahamiyatli iş bilan şuğullaniş umidini bergan.

Uorton biznes maktabi professori Adam Grant quyidagi fikrda: bajarayotgan işlari nafaqat özlari, balki boşqalar uçun ham ahamiyatli ekanini biladigan xodimlar özlarini ança baxtli his etişadi va unumli işlaydilar.

2. Ofis uyasini yarating

Köpçilik haftasiga 40 soatdan köproq vaqtni işxonada ötkazişadi. Şunday ekan, öz iş joyingizni qulay, şinam va yoqimli tarzda taşkil qiling. Albatta, xonada könglingizga ma'qul bölgan plakatlarni osiş va devorni boşqa rangga böyay olmasangiz kerak. Biroq yoqimli mayda-buyumlar bilan töldiriş mumkin.

3. Işxonada döst toping

Rahbarlar iste'dodli va mas'uliyatli xodimlarni nafaqat işga olişlari kerak, şu bilan birga taşkilotdagi yaxşi mikroiqlimni qöllab-quvvatlaşga e'tibor qaratişlari kerak. Odamlarda bir-biri bilan muloqot qiliş imkoniyati mavjud bölişi lozim.

Işxonada döstlarga ega xodimlar faoliyatlarini qiziqarli, foydali va yoqimli vaqt ötkaziş sifatida qabul qilişadi. Bundan taşqari, hamkasblari tomonidan qöllab-quvvatlaşni his etişadi, bu esa öz navbatida taşkilotga bölgan sodiqlikni ham oşiradi.

4. Tabassum qiling

Tabassumdan ham oddiyroq narsa bormi? Kayfiyatni undan boşqa yana nima tezda kötara oladi? Tabassum qiling! Aytgança, unutmang, tabassum yuqumli. Tez orada nafaqat siz, balki hamkasblaringiz ham tabassum qiliş ehtimoli juda katta.

5. Şaxsiy muammolarni uyda qoldiring

Zöriqiş kuçlarni «yeb bitiradi». Bu hayotingizning barça sohalari, ayniqsa kasbiy faoliyatga salbiy ta'sir körsatadi. Har daqiqada soatga qarab kun heç qaçon tugamaydi degan fikrga kelasiz. Doimiy ravişda çalğiysiz va oxir-oqibat heç qanday foydali iş qilmaysiz.

Iş vaqtida şaxsiy muammolaringiz haqida öylamaslikka harakat qiling. Ana öşanda faqat ğolib bölasiz: özingizni oğir fikrlar bilan azoblab, heç narsaga erişmaysiz.

6. Kelajakka qarab intiling

Biznes böyiça kitoblar muallifi, strategik marketing böyiça mutaxassis Jyeffri Jyeymsning fikriça, işimiz kelajakda natija berişini bilsak, qarorlarni öylab qabul qilamiz va yaxşi natijalarga erişamiz. Ya'ni uzoq muddatli reja va maqsadlarimiz doim bölişi kerak.

Foto: Layfxaker

7. Rahmat ayting

Turli tadqiqot natijalari bizga minnatdorçilik bildirişganida öz-özimizga beradigan bahomiz kötarilişi, özimizni mamnun his etişimizni isbotlagan. Bu esa öz navbatida boşqa ijobiy hislarni olib keladi.

Agar biror kompaniya yoki muayyan insonning buyurtmasini muvaffaqiyatli bajargan bölsangiz, undan minnatdorçilik xati yozib berişini sörang.

8. Tanaffus qiling

Har kuni oldingizda köplab hal etilişi kerak bölgan vazifalar turadi. Işga kirişib ketib, hordiq haqida unutiş hayratlanarli holat emas.

Özingiz uçun qisqa dam oliş tanaffuslarini  taşkil qiling. Heç bölmaganda bir neça daqiqa xotirjam ötiring, yengil nafas oling va keyingi vazifaga kirişing.

«Işdagi haqiqiy baxt» kitobining muallifi Şeron Zalsberg quyidagi fikrni aytadi:

Işdagi vazifalarni tanaffussiz amalga oşirganda özimizning barça kasbiy mahoratimizni namoyiş etiş, masalani hal etişga ijodiy va hazil bilan yondaşiş ança qiyin keçadi.

Şeron Zalsberg, kitoblar muallifi

Agar tanaffuslar taşkil etmasak, boşqalarga nisbatan jahldor bölib qolamiz yoki bizga nisbatan tanqidlarni töğri qabul qila olmaymiz. Şunday ekan, kiçik hordiq – işdagi zöriqişni kamaytiriş usullaridan biri.

9. Töğri ovqatlaning va yetarli miqdorda suv içing

Yöq, kelasi safar tuşlikdagi tanaffusda şirinliklar bilan ovqatlaniş kerak emas. Foydali va töyimli taomlarni iste'mol qiling. Yetarli miqdorda suv içişni unutmang. Agar töq bölsak va çanqoqni his etmasak – quvvatimiz yetarli, öz işlarimizni samarali bajarişga qodir bölamiz.

10. Iş stolingizda tartibni saqlang

Atrofdagi tartibsizlik fikrlardagi tartibsizlikka ham hissa qöşadi. Şusiz ham işda asabiylaşasiz, şuning uçun uni çuqurlaştirmagan ma'qul. Ana şunda e'tibor bilan işlay olasiz.

11. Köp vazifalilik rejimiga «yöq» deng

Köp vazifalilik – samarali emas. Stenford universiteti psixologiya professori Klifford Nass bunday rejim köproq vaqt olişini ta'kidlamoqda. Diqqatni jamlaş va bor ijodiy salohiyatimizni namoyiş etiş murakkab keçadi.

Bir vaqtning özida bir neça işni bajariş bilan maqtaniş örniga yaxşisi bitta vazifaga diqqatni jamlang va uni sifatli bajaring. Kun uçun işlar röyxatini tuzing, ustuvorliklarni belgilang va «ikkita quyonning ortidan yugurmang».

12. Odamlarni boriça qabul qiling

Boşqalarning xarakterini özgartira olmaymiz. Muloyim böliş va mayda-çuyda narsalarga asabiylaşmaslikka harakat qiling. Hamkasblar bilan yaxşi munosabatlarni qöllab-quvvatlang.

Aybdor bölsangiz, uni boşqaga ağdarişga harakat qilmang. Agar kimdir jiğingizga tegsa, tinçlaniş, 10 gaça sanaş va ana şundan keyingina öşa odamga biror narsa aytişga harakat qiling.

Foto: Layfxaker

13. Faqat ötiriş holatidagi iş kunlaridan xalos böling

Sakkiz soatlik iş kunini xuddi stulga yopişib qolgandek ötkazmang. Zinadan pastga tepaga çiqib tuşing yoki ofis atrofida bir neça marta aylanib çiqing. Hatto 10 daqiqalik jismoniy maşğulotlarni bajarişingiz va unga hamkasblarni ham taklif qilişingiz mumkin.

Kompyuter monitori oldida ötkazilgan iş kunlari salomatlik bilan boğliq muammolarni kafolatlaydi: ortiqça vazn, köriş qobiliyatining yomonlaşuvi, yurak kasalliklari.

14. Özingizni rağbatlantiring

Muhim bandni muvaffaqiyatli yakunlagan yoki a'lo natijalarga erişgan bölsangiz, özingizni rağbatlantiring. Restoranda ovqatlaning, ançadan beri orzu qilgan yangi gadjetingiz yoki sevimli şirinligingizni xarid qiling.

15. Maqsad va muvaffaqiyatlaringiz haqida fikr yuriting

Nima uçun qat'iyat bilan işlaysiz, qaysi maqsad sizni olğa boşlaydi? Bu savolga javob bering va uni saqlang. Işdagi muvaffaqiyat va yutuqlaringizni ham yozib borişga harakat qiling.

Murakkab loyiha bilan işlaşda turtki zarur bölganida öz qaydlaringizga murojaat qiling. Ular nima uçun yengilmaslik kerakligini yodingizga soladi.