Ötgan yil 13-14 dekabr kunlari prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatiga taşrif buyurib, viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi, amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, yirik loyihalar bilan yaqindan tanişib, xalq bilan muloqot qildi. Şuningdek, hududlarni, tumanlarni, jumladan, Qamaşi tumanini yanada rivojlantiriş borasida muhim tavsiyalarni bergani voha ahlini juda mamnun qildi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylaştirilgan Vazirlar Mahkamasining “2019-2020 yillarda Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror loyihasi tuman taraqqiyotini yangi bosqiçga olib çiqadi. Loyiha xalq deputatlari Qamaşi tuman Kengaşi tomonidan çuqur va atrofliça örganilmoqda.

Tuman Kengaşi deputatlari va faollar uşbu qaror loyihasi Qamaşi tumanining ijtimoiy-iqtisodiy, ma'rifiy-ma'naviy hayotida yangi davrni boşlab berişini e'tirof etgani holda qator örinli taklif va mulohazalarni ham bildirişmoqda.
Mehnat faxriysi Uluğoy Xolboyevaning qayd etişiça, tumani Döstlik MFY hududidagi 1-maktabgaça ta'lim muassasasiga nafaqat uşbu mahalladagi, balki uzoq-yaqindagi mahalla farzandlari ham keladi. Ayni paytda qiş-qirovli kunlar bölganligi tufayli uşbu boğça öz faoliyatini töxtatib turibdi. Negaki, mazkur boğça bundan deyarli 70 yil avval, ya'ni 1950 yilda qurilgan bölib, uning holati ayançli va xavfli bölganligi uçun muassasaga bolalarning borişi 12 foizni taşkil qiladi.

Uşbu maktabgaça ta'lim muassasasi töliq rekonstruksiya qiliş, zamonaviy talablarga javob beradigan boğçaga aylantiriş uşbu mahallada istiqomat qilayotgan aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxşilaş yölidagi ezgu iş böladi.

– Qamaşi tumanida 260 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Aholi köpligini hisobga olgan holda zamonaviy tuğruqxona kompleksini quriş va öz vaqtida foydalanişga topşiriş ayni kunning muhim vazifasi deb bilaman, – deydi tumandagi yana bir mehnat faxriysi Abdurasul Ğofurov. – Şu bois Qamaşi şahrida 130 öringa möljallangan, jahon standartlari darajasida aholiga xizmat körsatadigan, tibbiyotning eng zamonaviy asbob-uskunalari bilan jihozlangan tuğruqxonaning qurilişi va uning Vazirlar Mahkamasining “2019-2020 yillarda Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror loyihasiga kiritilişi tuman ahlining könglidagi iş bölardi.











