Fransiya poytaxti Parijda tartibsizlik öz çöqqisiga çiqib turgan bir paytda zöravonlikka qarşi namoyişlar boşlandi.
«Sariq jiletlilar»ning şanba kungi yurişi ortidan yakşanba kuni «qizil şarflar» ham oyoqqa turdi. Toifa özini «sukutdagi köpçilik» vakillari - «jiletlar»ning bir neça talablarini qöllab-quvvatlovçi, biroq namoyişçilarning jamiyatni parokandalikka olib keluvçi va aholi orasida nifoqqa sabab böluvçi harakatlariga qarşilar deb hisoblaydi. Yakşanba kuni köçalarga aynan şu mazmundagi çaqiriqlar bilan 10,5 mingdan ortiq kişi çiqqan.
Makron tomonidagi taniqli vakillar turli şubhalarga yöl qöymaslik uçun «qizil şarflar» safida namoyişga çiqmagan.
«Sariq jiletlilar»dan çarçagan politsiyaga mazkur yuriş davomida minnatdorçilik bildirilgan. Yuriş «sariq jiletlar» bilan dahanaki janjallarni hisobga olmaganda tinç ötgan.
Eslatib ötamiz, Fransiyada ötgan yilning noyabr oyi oxiridan buyon «sariq jiletlilar»ning tartibsiz namoyişlari davom etib kelmoqda. Parijning özida 4 ming namoyişçi qolgan bölsa, butun mamlakatdagi namoyişçilar soni hafta davomida sezilarli darajada pasaygan – bir hafta oldin «sariq jiletlilar» safida 84 ming namoyişçi birlaşgan bölsa, hozir 69 ming namoyişçi qolgan.
Eslatib ötamiz, namoyişlar fonida Fransiya iqtisodiyoti jiddiy zarar kördi. Hisob-kitoblarga köra mamlakat iqtisodiga yetgan zarar milliard yevrodan ortiqni taşkil qilgan.












