Avstriya kansleri Sebastyan Kursning ma'lum qilişiça, Yevropadagi boşqa mamlakatlarda ham Fransiyadagi «sariq jiletlar»ga öxşaş harakat paydo bölişi mumkin. Bu haqda u CNews efirida aytib ötdi.

Kursning sözlariga köra, şunga öxşaş harakatlar Yevropaning boşqa mamlakatlarida ham yuzaga kelişi mumkin, ammo Avstriyada bu sodir bölmaydi.

«Men zöravonlikning har qanday şaklini rad etaman. Avstriyada biz «sariq jiletlar»ning norozilik namoyişlari qattiq xarakterga ega, deb hisoblaymiz», - dedi Kurs.

Uning qöşimça qilişiça, Avstriya zöravonliksiz köplab tinç namoyişlar ötkaziladigan erkin mamlakat hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Parijda «qizil şarflar» «sariq jiletlar»ga qarşi namoyişga çiqqandi.