Italiya çempionatining kuçliligi böyiça 3-divizioni – S1 seriyada iştirok etuvçi “Lukkeze” futbol klubi boş murabbiyi Jankarlo Favarin raqib jamoa murabbiyini urgani uçun 5 oylik diskvalifikatsiya oldi.

Voqea “Alessandriya” klubiga qarşi uçraşuvda yuz bergan.

Favarin raqib jamoa murabbiylar ştabi bilan tortişgani uçun maydondan çetlatilgan. U raqib jamoa örindiği oldidan ötayotganda “Alessandriya” boş murabbiyi yordamçisi Gaetano Mançino bilan janjallaşib, uning yuziga boşi bilan zarba bergan. Jabrlanuvçi gazonga yiqilib, ançagaça öziga kelmagan.

Favarinning aytişiça, uning bunday qilişiga raqib jamoa örindiğidan aytilgan haqoratlar sabab bölgan. Materiallar örganilgandan keyin intizom qömitasi Mançinoni ikki öyinga çetlaştirgan.

Favarin ança tajribali murabbiy hisoblanib, Italiya çempionatining quyi divizionlaridagi 20 ga yaqin jamoaga murabbiylik qilgan. Ta'kidlanişiça, 60 yoşli mutaxassis avvalroq öyinçilaridan birini raqibning oyoğini sindirişga çaqirgan.