Prezidentning 2018 yil 7 fevraldagi “Içki turizmni jadal rivojlantirişni ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi  PQ-3514-sonli qarori asosida tasdiqlangan “Özbekiston böylab sayohat qil!” dasturi doirasida Tourism challenge (Turizm çorlovi) tanlovi taşkil etiladi.

Tanlovda mamlakat ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan öquvçi va talabalaridan iborat jamoalar iştirok etişlari mumkin.

Tanlov quyidagi bosqiçlarni öz içiga oladi:

1. Tanlovda iştirok etiş istagini bildirgan yoşlar (ta'lim muassasasi nomidan) tanlovning www.tourchallenge.uz veb sayti orqali röyxatdan ötadilar;

2. Sayohatga borgan hududga borgaç, tanlovning mas'ul vakilidan tegişli atributni (ta'lim muassasasining raqami yoki nomi yozilgan bayroq) oladilar va tanlov uçun maxsus tayyorlagan xaritaga joylaştiradilar; 

3. Şundan söng, xarita yonida va turizm obektlarida öz jamoasi bilan suratga tuşib, ommaviy axborot vositalari, şuningdek ijtimoiy tarmoqlar (facebook, instagram, telegram va boşqalar) orqali çorlov yöllaydilar va öz sayohatlarini keng yoritadilar.

Iştirokçilarning sayohatlari hakamlar hay'ati tomonidan quyidagi mezonlar asosida körib çiqiladi:

- sayohatlarni taşkil etiş davri (turizm mavsumi past davrlarga - yanvar, fevral, mart ustunlik beriladi);
- sayohatlarning umumiy masofasi;
- sayohatlar marşrutlarining yangiligi va öziga hosligi (kreativligi);
- sayohatlarning davomiyligi (ketma-ketligi);
- sayohatlar soni;
- sayohatçilar soni;
- sayohatlarning OAVda yoritilganligi (soni va OAV turi);
- sayohatlarning ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatilişi (qança foydalanuvçi körganligi).
- sayohat davrida olingan foto surat va video materiallarning sifati. 

Tanlov ğoliblari 2018-2019 öquv yilining söngida oliy ta'lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy örta ta'lim maktablari böyiça alohida aniqlanadi va e'lon qilinadi.

Tanlov ğoliblari quyidagiça taqdirlanadi:

1-örinlar: qöşni ikkita mamlakatga 7 kunlik sayohat uçun 6 kişilik (sayohatlarni taşkil etişda eng faol qatnaşgan va keng yoritgan iştirokçilar) yöllanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi (100 dona);