Özbekiston IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi kuzatuv kameralari örnatilişi borasidagi savollarga javob berdi.
Prezidentning “Jismoniy va yuridik şaxslar mulkining qöriqlanişini ta'minlaş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq, Özbekistonda 1 yanvardan boşlab şunday amaliyot joriy etildiki, unga köra jismoniy şaxslarning uy-joylari va xonadonlariga ularga qöriqlaş xizmatini körsatiş mobaynida foydalanişga beriladigan qöriqlov texnik vositalari jihozlarini örnatiş hamda bepul texnik xizmat körsatiş böyiça işlarni bajariş içki işlar organlari qöriqlaş xizmati mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.
Vazirlikning qayd etişiça, kamera örnatilganidan söng jismoniy şaxslar qöriqlaş xizmatidan foydalanganlik uçun oylik tölovni amalga oşirişlari lozim.
Bugungi kunda mazkur tölov miqdori oyiga 17 ming sömni taşkil etadi.












