Katta shubha bilan munosabatda bo‘ladigan moddalarimizdan biri albatta uglevodlardir. Ko‘plab parhezlar, jumladan Dyunkan parhezi ham ortiqcha kilogrammlardan tezroq forig‘ bo‘lish uchun uglevodlar iste'molini cheklashni maslahat beradi. Bir vaqtning o‘zida parhezshunoslar uglevodlardan qo‘rqmaslik, chunki kerakli tanaffuslarga amal qilinsa, hatto tunda yeyilganida ham ular xavfsiz bo‘lishini aytishadi. Demak, kim haq?
Umuman olganda, gastronomik mojaroning har ikki tomoni ham haq. Chunki tanani quvvat bilan ta'minlaydigan uglevodlarning ratsionda bo‘lishi kerak va muhim. Biroq boshqa tomondan ularni cheklash ham ozish, ham sog‘lom bo‘lish uchun samarali strategiya hisoblanishi mumkin.
Zamonaviy parhez tavsiyalari odam uglevodlardan kuniga 46–65 foiz kaloriya olishi kerakligiga borib taqaladi. Quyida menyuga kiritilishi lozim bo‘lgan yettita yuqori uglevodli mahsulotlar keltirilgan.
Jigarrang guruch

Guruchning hurmati u qadar «sog‘lom» emas. Biroq gap faqat oq guruch haqida ekanini esga olamiz. Shuning uchun jigarrang guruch bu — tarkibida oqsil va kletchatka bo‘lgan boshoqli don — sog‘lom yegulikdir. Pishgan jigarrang guruchning bir porsiyasida bor-yo‘g‘i 120 kaloriya bor. Ko‘proq afzalliklarga ega bo‘lish uchun uni sabzavotlar, masalan, brokolli bilan birga iste'mol qiling.
Suli

Nonushta uchun a'lo variant. U hamma uchun birdek mos keladi. Sulining bir porsiyasida sizga kun davomida quvvat beradigan 27 gramm sog‘lom uglevod, 4 gramm kletchatka va 5 gramm oqsil bor. Bundan tashqari, unda xolesterin darajasini pasaytiradigan tola mavjud. Ha, albatta jismoniy mashg‘ulotlardan 1-1,5 soat oldin iste'mol qilish uchun ideal yegulik. Agar unga biroz asal, kokos donachalari va mevalar qo‘shilsa, yanada mazali bo‘ladi.
Loviya

Loviya turlicha bo‘lishi mumkin, biroq tarkibida har doim o‘simlik oqsili, kletchatka va to‘g‘ri uglevodlar bo‘ladi. Demak, bir porsiyadagi 7 gramm oqsil va 20 gramm uglevod sizni uzoq vaqt davomida to‘q tutadi. Shunday ekan, kutilmaganda yo‘l-yo‘lakay biror nima yeyish istagi tug‘ilmaydi. Bonus sifatida: qora loviya temir moddasiga, qizili esa antioksidantlarga boy.
















