Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 17-sentabr kuni Toşkentda «Özbekfilm» kinostudiyasi faoliyati bilan tanişdi.

«Özbekfilm» kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanişdim. «Özbekfilm» şunçaki kinostudiya emas, balki qariyb bir asr davomida xalqimizning tarixi, taqdiri, orzu-armonlari va keçinmalarini ekranda aks ettirgan milliy kino maskanidir. Endigi vazifa - uni zamonaviy Özbekiston kino industriyasining milliy brendi va tayanç markaziga aylantiriş», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Uning taʼkidlaşiça, buning uçun kino sohasida boşqaruv tizimi özgarişi kerak.
«Bundan buyon davlat filmning ijodiy jarayoniga aralaşadigan buyurtmaçi emas, sohani rivojlantiradigan va moliyaviy qöllab-quvvatlaydigan strategik hamkor böladi. Xususiy kinostudiyalar, mustaqil prodyuserlar va ijodkorlar esa industriyaning asosiy harakatlantiruvçi kuçiga aylanadi.

Kinoni işlab çiqarişdan tomoşabingaça bölgan butun zanjir - moliyalaştiriş, distributsiya, prokat, festivallar va eksport - zamonaviy talablar asosida yangilanadi. Milliy kino merosini saqlaş, restavratsiya va raqamlaştiriş tizimi kuçaytiriladi, yangi avlod ijodkorlarini tayyorlaş va xalqaro tajriba almaşinuviga keng yöl oçiladi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Uning qayd qilişiça, eng muhimi - sohada professional muhit va özini özi boşqariş madaniyati şakllanib, kinoijodkorning fikri, tajribasi va kasbiy obrösi munosib qadrlanadi.
«Taşrif yakunida Abu Ali ibn Sinoning bolaligi haqidagi tarixiy film suratga olinayotgan maydonda böldim. Ulkan dekoratsiyalar va ijodiy jamoaning mehnati menda katta taassurot qoldirdi. Ijodiy jamoaga omad tilayman. Premyerada körişgunça!», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

















