Estoniya parlamenti 30 yanvarda notarial guvohnoma töğrisidagi qonun loyihasini ma'qulladi. Unga köra, notariuslarga oila quriş, nikohni bekor qiliş, meros olişga kirişiş yoki uni rad etiş çoğida arizalarni videoaloqa orqali tasdiqlab olişga izn beriladi, deb xabar bermoqda mamlakat parlamenti matbuot xizmati.

Bu xizmatdan eng avvalo «elektron rezidentlar» — şaxsni tasdiqlovçi virtual hujjatga ega bölgan, xorijda yaşovçi 130 mingdan ortiq estoniyalik fuqaro manfaat topadi.

«Notariuslar endi nikohga kirişiş yoki bekor qiliş, meros olişga kirişiş yoki uni rad etiş, mas'uliyati çeklangan jamiyatdagi uluşni ajratib oliş, şuningdek, mulkni garovga qöyiş bilan boğliq işonçnomalarni masofadan turib tasdiqlaşlari mumkin», deyiladi xabarda.

Masofadan turib tasdiqlaş uçun Notarial palata tomonidan maxsus dastur işlab çiqilgan. Unga faqat identifikatsion ID karta yoki rezidentning şaxsini tasdiqlovçi hujjat bilan kiriş mumkin.

Estoniyaning mamlakatdan taşqarida yaşovçi fuqarolari bilan videoköprik orqali biror bitimni notarial tasdiqlaş faqatgina Estoniya diplomatik vakolatxonalari içidagina amalga oşiriladi. Tizimni sinovdan ötkaziş davri uçun uçta diplomatik vakolatxona tanlangan: Xelsinki, Nyu-Dehli va Stokholmdagi. Yangilangan qonun 2020 yilning 1 fevralidan kuçga kiradi.