Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Toşkent yer resurslaridan foydalaniş, geodeziya va davlat kadastrlari institutini taşkil etiş töğrisida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'limi vazirligining geodeziya, kartografiya, yer resurslari va davlat kadastrlarini boşqariş yönalişida respublika oliy ta'lim muassasalarida tayyorlanayotgan ta'lim yönalişlarini optimallaştiriş orqali Toşkent yer resurslaridan foydalaniş, geodeziya va davlat kadastrlari institutini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.
Belgilab qöyilişiça, Institut yer resurslaridan foydalaniş va boşqariş, geodeziya, kartografiya va tegişli davlat kadastrlari sohasi uçun kadrlar, şu jumladan, yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlaş, ilmiy-tadqiqot işlarini olib boriş, soha xodimlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş, mazkur yönalişlarda ilmiy va öquv-metodik materiallarni işlab çiqiş böyiça tayanç oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.
Institutning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
yer resurslaridan foydalaniş va boşqariş, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari sohasi, uning öziga xos xususiyatlari, ilmiy-nazariy asoslari yuzasidan zamonaviy bilimlarni çuqur özlaştirgan, yuqori malakali mutaxassis kadrlarni mamlakatimiz va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlaşni ta'minlaş;
geodeziya va kartografiya öquv-laboratoriya bazasini barpo etiş, öquv rejasi va fan dasturlarida soha böyiça zamonaviy işlab çiqariş jarayonlari, yuqori unumli va avtomatlaştirilgan zamonaviy ilğor texnologiyalar böyiça bilimlarni aks ettiriş, ta'lim beriş jarayonida nazariya va amaliyot birligini ta'minlaş orqali oliy ta'lim muassasasi bitiruvçilarining mehnat bozoridagi raqobatbardoşligini oşiriş;
xorijiy mamlakatlarning yer resurslaridan foydalaniş, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari sohasidagi tajribasini hamda respublikamizda mavjud ilmiy salohiyatni çuqur örgangan holda öquv-uslubiy adabiyotlarni yaratiş, şuningdek, öquv jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini va masofadan öqitiş usullarini joriy etiş;
professor-öqituvçilarning kasbiy bilimi, pedagogik mahorati va ilmiy salohiyatini muntazam ravişda oşiriş, xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarida professor-öqituvçilar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini oşiriş va stajirovkalarini taşkil etişda xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş;












