Pentagondagilarning fikriça, IŞID terrorçilik guruhi jangarilari Suriyani bir yildan kamroq muddat içida qaytarib olişlari mumkin. Bu haqda NBC Amerika harbiy mahkamasining hisobotiga asosan xabar bermoqda.

Pentagondagilar fikriça, agar guruh harbiy bosimlarga duç kelmasa, IŞID olti oydan 12 oygaça bölgan muddat içida Suriya ustidan nazoratni öziga qaytarib olişi mumkin. Şuningdek, mahkamadan ta'kidlaşlariça, IŞID jangarilari «xalifalikni jismoniy şaklda tiklaşga» harakat qilişmoqda.

Pentagonning hisoboti kelgusi hafta e'lon qilinişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Suriyada IŞID jangarilari qölga olingani, ular orasida Özbekiston fuqarolari ham bor ekani xabar qilingandi.