Bugun 31 yanvar kuni Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi anjumanlar zalida mahalliy jurnalistlar, taniqli yozuvçi va şoirlar, ijodkor yoşlar iştirokida matbuot anjumani taşkillaştirildi. Tadbirda iştirok etgan Kun.uz jurnalisti şu haqda xabar berdi.

Unda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi Sirojiddin Sayyid va uyuşma raisining yoşlar bilan işlaş böyiça örinbosari Nodir Jonuzoq mazkur uyuşma qoşida taşkil etilgan yoş ijodkorlar tögaraklari haqida ma'lumot berdi.

Ahmadjon Meliboyev, "Jahon adabiyoti" jurnali boş muharriri

Anjumanda şu paytga qadar faoliyat olib borgan “Onajonim şe'riyat” tögaragi ijodkor yoşlarni izlab topiş, ularning salohiyatini oşiriş va intilişlarini röyobga çiqariş borasida katta turtki bergani, uşbu tögarak faoliyatidan orttirilgan tajriba asosida endilikda adabiy janrlar böyiça alohida tögaraklar faoliyat olib borişi aytib ötildi.

Yiğilişda sözlar ekan, yozuvçi Xurşid Döstmuhammad faoliyati töğri taşkil qilingan adabiy tögaraklarning har doim ham ijodga kirib kelayotgan yoşlarni kaşf etiş va iste'dodini çarxlaşda örni yuqori bölgan, deya ta'kidladi. Jumladan, bir paytlar Samarqandda Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi Nuriddin Şukurov asos solgan “Şalola” tögaragi özbek adabiyotiga köpgina zabardast ijodkorlarni yetkazib bergan, dedi u.

Xurşid Döstmuhammad, yozuvçi

«Tan olaylik, özbek adabiyotida adabiy tanqid sustlaşib ketdi. Bu yönaliş hozir deyarli işlamayapti. Yangi taşkil etilgan tögaraklarda kuçli adabiy tanqidçilar, tahlilçilar yetişib çiqişini kutyapman», – dedi anjumanning yana bir iştirokçisi, filologiya fanlari doktori Bahodir Karimov tögaraklar haqida fikr bildira turib.