Suriya sanoat vaziri Muhammad Man Jazbening aytişiça, terrorçilar harakati sababli Suriya sanoat sohasida 2,5 milliard dollardan ziyod mablağni yöqotgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Jazbening sözlariga köra, jangarilar Suriya iqtisodiyotiga putur yetkaziş uçun mamlakat sanoat obektlariga ataylab zarbalar berişgan.

«[Terrorçilar] obektlarni talon-toroj qiliş bilan şuğullanib, infratuzilmani, işlab çiqariş tarmoqlarini qasddan vayron qilganlar va Turkiyaga katta miqdorda uskunalarni olib çiqib ketişgan», - deya ta'kidlab ötdi Jazbe.

Vazirning hisob-kitoblariga köra, zarar 1,026 trln Suriya lirasini (2,5 milliard dollar) taşkil etdi.

Şuningdek, Jazbening qayd etişiça, rasmiylar nazorat ostiga olingan köplab obektlarni qaytarib olişdi hamda ularni qayta tiklaş böyiça işlar olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq IŞID Suriyani qança vaqt içida qayta egallab olişi mumkinligi hisoblab çiqilgandi.