Britaniyaning The Guardian naşri Özbekiston böylab batafsil gidni taqdim etdi, u bir oy muddatga möljallangan.

Naşr öz öquvçilariga «Buyuk ipak yölining merosi, çöl landşaftlari, Toşkent metrosi va Samarqand hamda Buxoro şaharlarini sayyohlar yangi, qulay viza qoidalari bilan rağbatlantirilayotgan mamlakatda» örganişni taklif etmoqda.

Foto: Lukas Bischoff/Getty Images

Gazeta sakkiz şaharga borişni tavsiya qildi: Toşkent, Marğilon, Andijon, Qöqon, Samarqand, Buxoro, Nurota va Nukus.

Maqola muallifi har bir şaharga taşrif buyuriş haqida tavsiyalar berib, u yerga qanday boriş, qayerda töxtaş, nima iste'mol qiliş va qança tölaş kerakligi haqida batafsil ma'lumot taqdim etgan.

Foto:  Galyna Andrushko/Alamy

Muallif kuniga minimal budjetni 20-30 funt sterling (26-40 dollar) miqdorida belgilagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq The Guardian 2019 yilda Özbekiston va Qirğizistonga taşrif buyurişni tavsiya qilgandi.