Britaniyaning The Guardian gazetasi Qirğiziston va Özbekistonni 2019 yilda sayohatçilar uçun tavsiya etiladigan 40ta yönalişdan iborat röyxatga kiritdi. Röyxat 5 yanvarda e'lon qilindi.
Qirğiziston

Markaziy Osiyodagi bu toğli davlat dengizga çiqiş yöliga ega emas, biroq unda yovvoyi tabiatning ulkan hududlari mavjud, u yerda yarim köçmançi xalqlar hali ham burgutlar bilan ov qilişadi. Sayyohlar Issiqkölda, YuNESKOning biosfera qöriqxonasi bölgan, qorli toğlar bilan öralgan kölda bunday an'anani körişlari mumkin.

Issiqköldan ğarbda joylaşgan Qöçqor qişloği piyodalar uçun yaxşi baza sanaladi, unda 4000 metrdan baland bölgan dovonlar orqali ötuvçi joylar bor. Yönalişlarning aksariyati ötov lagerlaridan ötadi, u yerda sayohatçilarga çöponlarga qöşiliş, şuningdek, qimiz tatib köriş taklif qilinadi, deb yozadi naşr.
Özbekiston

2016 yilda prezident Şavkat Mirziyoyev hokimiyat tepasiga kelganidan söng, Özbekistonda izçil özgarişlar yuz bermoqda, deya ta'kidlaydi The Guardian.
«Mamlakatning maşhur mehmondöstligi, ajoyib me'morçiligi va Buyuk ipak yöli merosini boşdan keçirişga intilgan sayyohlar uçun şaroitlar tezda yaxşilanmoqda», - deya qayd etadi gazeta.
The Guardian elektron vizalar joriy etilayotganini alohida ta'kidlagan. Bu uşbu davlatga taşrifni Markaziy Osiyodagi boşqa qöşni mamlakatlarga safar bilan uyğunlaştiriş imkonini beradi.
Istanbuldan Samarqandga parvozlar oçilişi bilan Londondan qadimiy şaharni ziyorat qiliş ança osonlaşdi, asosiy turistik şaharlar esa endi tezyurar temir yöl transporti bilan boğlangan.












