Ukrainalik şoumen va aktyor Vladimir Zelenskiy Ukrainadagi prezident poygasida yetakçilik qilmoqda. Bundan “Reyting” ijtimoiy guruhi ötkazgan sörovnoma ma'lumotlari darak bermoqda. Tadqiqotga köra, uni söralganlarning 19 foizi qöllab-quvvatlamoqda.
Reytingning 2-örnini sobiq boş vazir Yuliya Timoşenko egallamoqda, unga 18,2 foiz respondentlar ovoz berişga tayyor. Amaldagi prezident Pyotr Poroşenkoni 15,1 foiz iştirokçi qöllab-quvvatlagan.
Aholi örtasida eng katta qöllab-quvvatlovga ega nomzodlar beştaligiga “Muxolif platforma – Hayot uçun” partiyasi raislaridan biri Yuriy Boyko (10 foiz) va “Fuqarolik pozitsiyasi” yetakçisi Anatoliy Gritsenko (8,5 foiz) ham kirgan.
Tadqiqotga köra, 41 yoşli Zelenskiy mamlakat janubi va şarqida katta qöllab-quvvatlovga ega, Kiyevda u Poroşenko bilan yetakçilik qilmoqda, Boyko Donbassda, Timoşenko esa mamlakat markazi va şimolida yuqori elektorat körsatkiçlariga ega.
Sörovnoma 18 yoşdan katta bölgan 6 ming kişi örtasida 16-24 yanvar kunlari olib borilgan.
Ukrainaning tahlil va prognozlaştiriş instituti tomonidan 17-25 yanvar kunlari ötkazilgan sörovnoma esa boşqa natijalarni körsatgan: nomzodlar örtasida Timoşenko yetakçilik qilmoqda (20 foiz), 2-örinni Zelenskiy (12,6 foiz), 3-örinni Poroşenko (11,9 foiz) egallamoqda.
Ukraina prezidenti saylovlari 31 mart kuni bölib ötadi, saylov kampaniyasi esa 2018 yil 31 dekabrda start olgan.













