«Xorazm Beklari» yakson etildi. 6,5 mlrd söm kredit olib mehmonxona qurgan tadbirkorning binosi hokimiyat tomonidan buzib taşlandi
|01:55 / 01.02.2019191 9669 min
«Har bir tadbirkor bilan «Siz» deb gaplaşamiz. Odamlar boy bölmasa, davlat boy böla olmaydi. Tadbirkor böliş, pul topiş va bank bilan işlaş oson emas. Uning uçun öqiş kerak, qölga qalam oliş kerak», - deb aytgan edi prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev öz ma'ruzalaridan birida.
Prezidentning tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan siyosati ölaroq, tadbirkorlarga iqtisodiyotni rivojlantirişdagi böğin sifatida qarala boşlandi. Masalan, ular biror sohada işlab çiqarişni yölga qöyadi, yangi iş örinlari yaratiladi, davlatga soliqlar tölanadi va davlatda pul aylanişining salmoği yanada ortadi. Iqtisodiyotni rivojlantirişda tadbirkorlarning örni juda muhim hisoblanadi.
Biroq, hamon joylarda yangiça siyosat mazmunini tuşunmay kelayotgan mansabdor şaxslar uçrab turibdi. Yaqinda Kun.uz tahririyatiga Xorazm viloyatidan murojaat kelib tuşgandi. Unda turizmni rivojlantiriş maqsadida tadbirkor qurayotgan mehmonxona binosi heç qanday asoslarsiz buzib taşlangani aytilgandi. Uşbu murojaatni joyiga borib örganişga qaror qildik.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Ma'lum bölişiça, 2017 yilning 17 noyabr sanasida şahar hokimi qarori bilan «Xorazm Beklari» mas'uliyati çeklangan jamiyatiga Urganç şahar 28-son «Temir yölçi» mahallasi hududidan (temir yöl vokzal oldi maydoni hududi) tasdiqlangan loyihaga muvofiq birinçi qavati restorandan iborat köp qavatli mehmonxona binosi qurilişi uçun yer maydoni ajratiladi. Tegişli ruxsatnoma va xulosalar olingaç, tadbirkor quriliş işlarini boşlaydi.
Biroq, 2018 yilning 1 dekabrida hududga şaharning yangi hokimi Şuhrat Abdullayev keladi va deyarli bitiş arafasida bölgan binoni heç qanday ogohlantiriş va hujjatlarsiz, oğzaki topşiriq bilan buzdirişni boşlaydi.
Şuhrat Abdullayev
Mavzuga oid
Tadbirkorning aytişiça, loyihani amalga oşiriş uçun Xalq bankidan 6,5 milliard söm kredit olingan. Şu vaqtga qadar binoni kötariş uçun 4 milliard sömga yaqin kredit va 1 milliard sömdan ortiq öz hisobidan mablağ sarflangan.
Murojaat muallifi bilan suhbatdan söng, buzib taşlangan bino örnini közdan keçirdik. U yerda hali hanuz buziş işlari davom etardi. Buziş işlari «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyatiga qaraşli texnika vositasi yordamida olib borilayotgan ekan. Uşbu texnikaning haydovçisi binoni buzib taşlaş topşiriği hokimiyat tomonidan berilganini tuşuntirdi. Buziş işlari davomida qurilişga sarflangan materiallarning heç biri omon qolmagan. Hali işlatilmagan materiallarning bir qismi buziş jarayonidagi ehtiyotsizlik tufayli vayron bölib, yana bir qismi noma'lum şaxslar tomonidan talon-taroj qilingan.
Vaziyatga oydinlik kiritiş va murojaat yuzasidan ötkazilayotgan jurnalistik suriştiruvning xolisligini ta'minlaş maqsadida Urganç şahri hokimi Şuhrat Abdullayev bilan boğlanişga urindik. Ammo şu kuni vaqtimizni qabulxonada kutiş bilan behuda ötkazdik. Keyingi kuni ham xuddi şu ahvol takrorlandi. Nihoyat uçinçi kuni, uzoq kutişlardan söng hokim Ş.Abdullayevning qabuliga kirdik va masala yuzasidan uning izohini tingladik.
«Bu bino joylaşgan hudud boş rejaga köra aholi dam oliş maskani bölişi közda tutilgan. Loyiha viloyat hokimligi tasdiğidan ham ötmagan ekan. Eski hokim yerni berib yuborgan. Topşiriq böldi, buzib yubordik.
Tadbirkorning yeri, bankdan olgan krediti va zararini qoplaş masalalari körib çiqiladi», deydi hokim.
Şuhrat Abdullayev
Suhbatdan söng bizda öz-özidan bir neça savollar paydo böldi.
Avvaliga belgilangan tartibda rasmiylaştirilgan va tegişli taşkilotlar tomonidan ruxsatnoma va xulosalar olingan obekt deyarli qurib bitirilişi yakunlanay deb qolganda qanday qilib noqonuniy bölib qoldi? Tadbirkorning mablağlari hisobiga qurilgan bino Hokimning oğzaki topşiriğiga asosan buzib taşlanişini qanday izohlaş mumkin? Buziş işlari nega qonun bilan belgilangan tartibda amalga oşirilmadi? Hokimning binoni buziş haqida buziş işlari amalda boşlanganidan keyin çiqarilgan qarorida tadbirkorning körgan zararini qoplaş masalalari belgilanmadi?
Şu kabi savollarga hokim «buni hokimiyat yuristidan söraş kerak»ligini aytib, javob berişni istamadi.
Buziş haqidagi qarorga eng sönggi bölib imzo çekadigan şaxs hokim-u, lekin uning «Buni men bilmayman», deyişi şubhali emasmi? Qaysi hokimlikda hokimning buyruğisiz biror bino buzilgan? Biroq, har qança qiziqqanimiz bilan berilgan savollarga hokimdan tayinli javob ololmadik.
Şuhrat Abdullayev
Qiziq tomoni, «Xorazm Beklari» MÇJga tegişli binoni buzilişiga asosiy sabab sifatida körsatilayotgan Urganç şahrining boş quriliş rejasi hokimlik mas'ullari tomonidan tanişib çiqiş uçun taqdim etilmadi.
Hozirda jamiyat rahbari Umorbek Bekov tuşkunlikka tuşib qolgan. Har oyda kredit foizlarini söndiriş uçun Xalq bankiga 55 million sömdan ortiq tölov qilmoqda. Tadbirkorning ta'kidlaşiça, qarzlarini yopiş uçun mablağ topiş masala juda qiyin keçmoqda, tez orada yaşab turgan uyini sotişiga töğri kelişi mumkin ekan. Bu holda u nogironligi bölgan otasi va oilasi bilan köçada qoladimi? Bu ham yetmagandek, tadbirkorning keksa onasi farzandiga kreditni tölaşga kömaklaşiş uçun uruş girdobida bölgan Yaman davlatiga işlaş (şifokorlik) uçun ketibdi.
Umorbek Bekov
Tasanno! Tadbirkorni xonavayron qilsak, oilasini köçaga uloqtirişlarini tomoşa qilib tursak, ularning özlari yoki onalari notinç yurtlarda işlaşga ketişga majbur bölişiga hissa qöşsak...
Qani adolat? Nega joylarda ba'zi hokimlar qonunni çetlab öz bilganini qilmoqda? Axir bu prezident olib borayotgan siyosatga zid emasmi? Nega huquqni muhofaza qiluvçi organlar bunday işlarga panja ortidan qarab kelmoqda?
Tadbirkorning onasi esa özga yurtlarda zorlanib yuribdi. U öğlining işlari önglanişidan umidvor, adolat tiklanişini istaydi. Onaizorning öğliga dalda böliş uçun jönatgan audioyozuvlarini eşitib, bunga amin bölişingiz mumkin.
Bolam, xafa bölma! Alloh bor! U hammasini körib-bilib turibdi. Inşaalloh u yordam beradi.
Mana, men ham senga yordam beriş uçun şu notinç yurtlarga kelib işlab yuribman. Axir hurmatli prezidentimizning gaplari bor-ku! «Kimki tadbirkorga tösqinlik qilsa, u mening duşmanim», deganlar. Men ularning bu sözlariga işonaman.
Öğlim, xafa bölma. Men sizlar uçun hamişa duodaman. Senga Allohdan kuç-quvvat, sabr-toqat va omad tilab qolaman.
Özingni tuşkunlikka solma, bildirma. Bir kun albatta haqiqat yuzaga çiqişiga işonaman, öğlim».
Hozirgi kunda, oçiq aytiş kerak, ayrim hokimlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlardan çetga çiqiş holatlari hamon davom etmoqda. Biri fermerni döpposlaydi, boşqasi istalgan binosini buzdirib taşlaydi. Bunday şaxslarga qonun ötmaydimi? Jilovini tortib qöyadigan davlat taşkilotlari qayerga qaramoqda? Prezident Şavkat Mirziyoyev hokim va boşqa mansabdorlarga tadbirkor uçun barça şaroitlarni yaratib berişni qayta va qayta ta'kidlayotgan bir paytda bu kabi holatlar davlat rahbari olib borayotgan odilona siyosatga xiyonat emasmi?
Ayni kunda bu tadbirkorga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan moddiy kömak berilmoqda. Ammo ayrim hokimning harakatlari natijasida bir tadbirkor va uning oilasi çirqirab qolmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2019 yil uçun möljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida davlat idoralari xalqqa, jumladan, tadbirkorlarga yaqin kömakçi bölişi zarurligi haqida ta'kidladi. Zora, mutasaddi taşkilotlar bu holatga jiddiy e'tibor qaratib, tadbirkorning buzilgan huquqlarining tiklanişi ta'minlansa...