Xakerlar öğirlangan login va parollarni jamlab, internetga rekord kattalikdagi ma'lumotlar bazasini qöyişdi. Bu haqda The Wired naşri ma'lum qildi. 773 mln parol va logindan iborat hamda Collection #1 deb nomlangan ma'lumotlar bazasi internetda yanvar örtalarida paydo bölgandi. Endi kiberxavfsizlik sohasidagi tadqiqotçilar uşbu bazaning ikkinçi qismi – 25 mlrd parol va logindan iborat hamda 854 Gb keluvçi, Collections #2–5 deb nomlangan ma'lumotlar bazasini aniqlaşdi. 

Potsdamdagi (Germaniya) Hasso Plattner Institute tahlilçilari bazani örgangaç, unda 2,2 mlrd qayd qiliş yozuvi borligini aniqlaşgan. Bazaning katta qismi avvalgi yillardagi öğirliklar, jumladan Yahoo, LinkedIn va Dropbox ma'lumotlar bazasini buzib kirişda qölga kiritilgan ma'lumotlarni öz içiga olgan.

“Bu biz qaçondir körgan eng katta jamlanmadir”, deb aytgan kiberxavfsizlik sohasida faoliyat yurituvçi va bazani torrentlarda aniqlagan Phosphorus.io kompaniyasi xodimi Kris Rouland. 

Uning aytişiça, Collections #1–5 xakerlar orasida keng tarqalib ketdi. Jumladan, ma'lumotlar bazasidan iborat faylni yuklab olişni 130 kişi taklif qilgan, faylning özi esa ming martadan köproq marta köçirib olingan.