Xalqaro moliya korporatsiyasi kömagida Özbekistonda quyoş fotoelektr stansiyalarini quriş uçun xususiy investorlarni jalb qiliş böyiça tenderga start berildi. Bu haqda «Özbekenergo» AJ boşqaruvi raisining istiqbolli rivojlaniş va investitsiyalar böyiça örinbosari D.Abdusalomov xabar qildi.
Eslatib ötamiz, 2018 yil noyabr oyi oxirida Toşkentda ehtimoliy investorlar uçun konferensiya bölib ötdi, unda 20dan ortiq yirik energetika kompaniyalari va xalqaro moliya taşkilotlari iştirok etdi. Ular Özbekistonda davlat-xususiy şeriklik loyihalariga katta qiziqiş bildirdi.
Joriy yilning 1 fevralida Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyoş fotoelektr stansiyani quriş loyihasi böyiça saralaşdan oldingi tanlov uçun sörov hujjati e'lon qilindi, u bilan www.uzbekenergo.uz saytida tanişiş mumkin.
Loyiha böyiça investorni tanlaş jarayoni 2019 yil birinçi yarmida yakunlanişi kutilmoqda.












