2019 yil 30 yanvar kuni tungi soat 00.30larda Payariq tuman IIBga Payariq tumani IIB Qöriqlaş bölinmalari otryadi xodimi tomonidan xabar berilgan.
Samarqand viloyati IIB matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Payariq tumani Samarqand köçasi 50-uyda joylaşgan tuman “Xalq banki” binosida xizmat olib borilayotgan vaqtda noma'lum şaxs yaşirin ravişda kirişga uringan va u uşlangan.
Voqea joyiga darhol tergov tezkor guruhi yetib kelgan. “Xalq banki”ga kirişga uringan şaxs Payariq tumani, Guliston qişloğida yaşovçi fuqaro ekanligi ma'lum böldi. Gumonlanuvçi uşlanganida, yonida 30 va 15 sm keladigan, uçlari ötkirlangan temir jismlar, piçoq, qölqoplar, polietilen sumka va boşqa buyumlar borligi aniqlangan.
Şuningdek, içki işlar xodimi 2019 yil 30 yanvar kuni soat tungi 00.10larda, xizmat olib borayotganida, bankning orqa hovlisida kiriş eşigini yuqori qismidan noma'lum şaxsning qöllari bilan eşikni oçişga urinayotganini sezib, zudlik bilan eşik oldiga boradi.
Eşikni oçib orqa hovliga çiqadi va bankka kirişga uringan noma'lum şaxs qoçayotgan vaqtida, unga öziga biriktirilgan qurolini öqlanganini aytib “Töxta otaman”, deb ogohlantiriş bergan. Noma'lum şaxs qoçişni davom ettirgandan söng, qurolidan bir marotaba yuqoriga qarab öq uzgan va unga yerga yotişini talab qilgan. Şundan söng noma'lum şaxs joyida töxtadi. Birga xizmat olib borayotgan şerigi, ya'ni, Payariq tuman IIB Qöriqlaş bölinmalari otryadi xodimi bilan birgalikda uni uşlagan.













