2019 yilning 2 fevral kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligida TIV markaziy apparatining majlisi bölib ötdi.
Vazirlik xabariga köra, majlisda Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari Elyor Ğaniyev iştirok etgan.
Öz çiqişida Elyor Ğaniyev mamlakat rahbari topşiriğiga binoan töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş, Özbekistonda işlab çiqarilgan tovarlar va xizmatlarni eksport qiliş hajmlari va nomenklaturasini kengaytiriş, mamlakatga çet ellik turistlar oqimini oşiriş, şuningdek diplomatik vakolatxonalarga biriktirilgan hududlar iqtisodiyotini rivojlantiriş uçun qulay taşqi şaroitlar yaratiş borasida taşqi işlar vaziri örinbosari etib tayinlangan Alişer Abdualiyev va u nazorat qiluvçi iqtisodiy blok bölimlari, umuman, vazirlik va Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari oldida turgan dolzarb maqsadli vazifalar doirasini belgilab bergan.

Foto: Jurnal "Diplomat"
Eslatib ötamiz, avvalroq Alişer Abdualiyev taşqi işlar vaziri örinbosari etib tayinlangani xabar qilingandi.









