2019 yil 31 yanvar kuni Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida yaşagan B.N. mast holda uyida sigareta çekib, uxlab qolişi oqibatida yonğin sodir bölgan.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, natijada uyning 2 kv.m. maydoni yonib zarar körgan va yonğin öçiriş vaqtida B.N.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Şuningdek, Toşkent şahrining M.Uluğbek tumanida 31 yanvar kuni Feruza dahasida yaşovçi O.T. ham mast holda sigareta çekib uxlab qolişi oqibatida yonğin sodir bölgan.
Natijada uyning 2 kv.m. maydonda divani yonib zarar körgan hamda O.T. kuyiş jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Har ikki holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.











