Bugun, 2 fevral kuni Toşkent vaqti bilan soat 17:04da Afğonistonda zilzila sodir böldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

“Koordinatalar 37,29 gradus şimoliy kenglik, 70,39 gradus şarqiy uzunlik. Magnituda M=5,4. Çuqurlik h=100 km. Toşkentgaça masofa 453 km janubiy yönaliş böyiça”, deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinişiça, zilzila kuçi Özbekiston hududida 2 ballga teng bölgan.

Talofatlar va jabrlanganlar töğrisida ma'lumot kelib tuşmaganligi aytilmoqda.