Dizayner Çulxun Park dunyodagi eng katta va eng qimmat yaxta Valkyrie narxini oşkor qildi. Park yaxta loyihasini Londondagi qirollik san'at kollejida Palmer Johnson kompaniyasi kömagida taqdim qilgan. Bu haqda Daily Mail naşri xabar berdi.
«Valkiriya»ning qurilişi 800 mln dollarga aylanadi. Menga hamkorlik qiliş böyiça bir neçta taklif tuşdi, biroq hozirça heç kim bilan şartnoma imzolamadim», deb aytgan loyiha ustida 8 oy işlagan dizayner.
Ma'lum qilinişiça, yaxtaning uzunligi 229 metrni taşkil qiladi. U hozirgi vaqtdagi rekordçi yaxta – BAA prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning Azzam yaxtasidan 40 metr uzunroq böladi.
Yaxta bortida ekipajning 92 a'zosi va 52 yölovçi joylaşa oladi. Yölovçilar uçun restoranlar, kazino, teatr va suratlar galereyasi faoliyat yuritadi.
2018 yil noyabrda Superyacht Intelligence Agency mutaxassislari ma'lum qilganidek, 2018 yil oktyabriga kelib dunyoda deyarli 300 ta superyaxta sotilgan. 2017 yilda esa umumiy qiymati 3 mlrd dollarlik 249 ta superyaxta sotilgan.













