Ostonadagi uylardan birida 4 fevralga ötar keçasi yuz bergan yonğin 5 opa-singilning hayotiga zomin böldi. Opa-singillardan kenjasi bor-yöği 3 oylik bölgan. 

Qizlar 2006, 2009, 2014, 2016 va 2018 yillarda tuğilgan bölgan.

Opa-singillar oilasi Köktal-1 massivida joylaşgan kiçik vaqtinçalik uyda 4 yil yaşagan. Uy yaqinida yana şunday uylardan bir neçtasi bölgan. Ularda uşbu oilaning yaqinlari yaşagan.

Uyda kömirda işlovçi peçka qöllangan. Oila yaqinlarining ma'lum qilişiça, ularning uyida ham şunday peçka turadi va bu peçkalar bilan avval muammolar bölmagan.

Opa-singillardan tönğiçi yaqin orada 13 yoşga tölişi kerak bölgan. Hozirda qizlarning yaqinlari ularning ota-onalariga dalda beriş uçun yiğilişgan. Qizlar 5 fevralda dafn qilinadilar.

Oila köp farzandli bölgani sabab nafaqa olgan. Qizlardan ikki nafari 4- va 6-sinflarda öqişgan, 2014 yilda tuğilgan yana bir qizça bolalar boğçasiga qatnagan.

Yaqinlarining aytişiça, qizlarning onasi fojia yuz bergan kun tungi smenaga işga çiqqan. Qizlar bilan ularning otasi bölgan, biroq u ham işiga çaqirtirib olingan. 

Oila yaqinlari uydan xabar olib turişgan. Oxirgi marta ular uyni tungi soat 2da tekşirişganda hammasi osuda, çiroq yoniq bölgan. Biroq bir soat ötgaç kuçli yonğin boşlangan.

Qutqaruvçilar voqea joyiga çaqiriqdan 7 daqiqa ötib yetib kelişgan, biroq bu vaqt içida uy töliq yonib bölgan. Öt öçiruvçilar yonğinga qarşi 40 daqiqa kuraşişgan. Uylar bir-biriga yaqin joylaşgani sabab alanga qolgan uylarga ötib ketişi xavfi bölgan.

Qizlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgani Ostona hokimi Baxit Sultanov kelgan. U yonğin joyini közdan keçirib, dafn marosimini ötkazişda yordam berişga va'da bergan.

Qizlarning ota-onasi bilan ruhşunoslar va ijtimoiy xizmatlar xodimlari iş olib borişmoqda.

“Maktab tomondan davlat yordami dasturi doirasida kömak körsatildi. Öqituvçilarning aytişiça, qizlar darslarni qoldirişmagan, özlarini odobli tutişgan, hamma bilan inoq bölişgan. Oila kam ta'minlangan bölmagan, çunki ota-onaning ikkisining ham daromadi bölgan. Qizlar doimo orasta kiyinişgan”, deb aytgan Ostona akimati matbuot kotibi Elvira Jurgenbayeva.

Ostona favqulodda vaziyat departamentida ma'lum qilinişiça, 2018 yilda poytaxtda 699 ta yonğin yuz bergan. Ularda 10 kişi, jumladan bir bola halok bölgan. Joriy yil boşidan esa 69 ta yonğin sodir bölgan. Halok bölgan qizlar joriy yildagi yonğinlarning ilk qurbonlari bölgan.