Rossiya va Yaponiya örtasida tinçlik bitimi böyiça muzokaralarda birinçi qadamni Tokio qöyişi kerak, mamlakat Janubiy Kurillar ustidan Rossiya suverenitetini va Ikkinçi jahon uruşi yakunlarini tan olişi lozim. Bu haqda Duşanbedagi ma'ruzada Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov ma'lum qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Vazirning sözlariga köra, mamlakatlar yetakçilari diplomatlarga muzokaralarni tezlaştiriş böyiça körsatma bergan. «Biz masala bu tarzda qöyilişiga ançadan beri tayyormiz. Afsuski, qöyilişi kerak bölgan birinçi qadam biz tomondan emas, balki Tokio tomonidan amalga oşirilişi lozim. Bu birinçi qadam bilan Ikkinçi jahon uruşi yakunlari, şu jumladan, Rossiya Federatsiyasining hamma narsa, xususan, bu orollar ustidan suvereniteti töliq, mutlaqo tan olinişi darkor», - dedi Lavrov.

27 yanvar kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kuril orollari böyiça muzokaralarga Yaponiya Ğarbning Rossiyaga qarşi joriy etgan sanksiyalarini qöllab-quvvatlaşi tösiq bölayotganini ma'lum qilgandi. Şuningdek, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin yapon tomoniga qöşimça şartlarsiz tinçlik bitimini taklif etgani, biroq bu taklif tuşunilmaganini aytib ötdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq OAV AQŞ raketalari uçun ideal joyni ma'lum qilgandi.