Bugun Özbekiston Yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşida hududlardagi boşlanğiç taşkilot yetakçilari bilan birgalikda “Yoşlar jinoyatçiligini jilovlaş, ijtimoiy-ma'naviy muhitni soğlomlaştiriş” mavzusida videoselektor şaklida vebinar bölib ötdi.

Unda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining bölim mudiri Şavkat Törayev mamlakatimizda ijtimoiy ma'naviy muhitni soğlomlaştiriş, ma'naviy-ma'rifiy işlar samaradorligida yoşlarning rolini oşiriş yuzasidan, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boş boşqarmasi bölim mudiri Bahriddin Sultonov esa yoşlar jinoyatçiligini oldini oliş masalasidagi ma'ruzasi bilan iştirok etdi.


Vebinarda Özbekiston Yoşlar ittifoqining hududiy Kengaşlari xodimlari, viloyatlardagi boşqarma, taşkilot hamda ta'lim muassasalarining boşlanğiç taşkilot yetakçilari, hududiy sardorlar Kengaşi hamda hududiy köngillilar guruhlarining a'zolari qatnaşdi.
Ma'ruzalarda mamlakatimizda yoşlar örtasida huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini oliş, ular örtasida ma'naviy muhitni yaxşilaşda yangiça metodlardan foydalaniş zarurati hamda bu sohadagi tarğibot-taşviqot işlariga yoşlarning munosabati haqida fikr-mulohazalar yuritildi.
—Bugungi kunda yoşlarni iş bilan ta'minlaş, ularning vaqtlarini töğri taqsimlaşga kömaklaşiş, tögaraklarga jalb etiş jinoyatçilikni jilovlaşning eng muhim omiliga aylangan, – deydi Özbekiston Yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi bölim mudiri Akmal Alimov. —Joylarda yoşlarning huquqiy savodxonligining pastligi, oddiy holatlarda qonun hujjatlarni bilmasligi va buning natijasida yoşlar örtasida mayda bezoriliklar, ma'muriy huquqbuzarliklarning sonini köpayişiga olib kelmoqda.


Tadbir davomida bir qator vazirlik, idora va taşkilotlarning hamkorligida olib borilayotgan işlar natijasida yurtimizda 18 yoşdan 30 yoşgaça bölgan yoşlar örtasidagi jinoyatçilik 28,1 foizga, voyaga yetmaganlar jinoyatçiligi esa 35,5 foizga kamayişiga erişilganligi haqida ma'lumot berildi.












