Karakas yaqinidagi eski binolardan birida Ugo Çaves hamon yaşamoqda. Asosiy zalda Venesuelaning sobiq prezidentining harbiy libosdagi ulkan haykali örnatilgan. U binoga kirib kelguvçilarni viqor bilan qarşilaydi.

Devorda Çaves Venesuelaning milliy ranglari - sariq-kök-qizil rangdagi formada jilmayib turadi. Uning ostidagi katta stol ortida özini Subero deb taniştiruvçi kişi soatlab ötiradi.

Subero ön yillardan buyon Çavesga sadoqatli, gap faqat ideologiyada emas. 1992 yilning 4 fevralida öşa vaqtda 20 yoşda bölgan, hozirda 47 yoşga çiqqan iste'fodagi serjant Subero Çaves tomonidan öşa vaqtdagi prezident Karlos Andres Peresga qarşi qilingan töntarişda iştirok etgandi.

Öşanda isyon bostirilgan, Subero Çaves hamda boşqa isyonçilar bilan birga qamoqqa taşlangandi.

Ammo bu voqea Suberoning Çavesga işonçiga zarraça putur yetkazmadi.

Subero jonini Maduro uçun tikkan
Foto: KEVIN JORDAN / GETTY IMAGES

Hozirda u Venesueladagi «kolektivos» (colectivos) deb nomlanuvçi önlab guruhlardan biriga boşçilik qiladi. «Kolektivos» a'zolari özlarini Çavesning bolivarça inqilobi qöriqçilari deb ataşadi hamda uning vorisi Nikolas Maduroga sadoqat izhor etişadi.

Maduro ayni vaqtda xalqaro hamjamiyatning qattiq bosimiga uçramoqda, jahon davlatlari uni iste'foga çiqib, muddatidan avvalgi prezidentlik saylovlari ötkazilişini talab qilişmoqda.

Janubiy Amerikaning aksar davlatlari, Yevropa, AQŞ va Kanada endi Maduroni bu mamlakatning qonuniy prezidenti deb hisoblamaydi.

Ammo Subero va uning qömitasining boşqa a'zolari 2013 yildan buyon Venesuelani boşqarib kelayotgan Maduroni himoya qilişga bel boğlaşgan.

«Men uni himoya qiliş uçun ölişga tayyorman», deydi Subero.

«Taşqi aralaşuv»
Venesueladagi «kolektivos» guruhlari Çaves diktaturasi davrida paydo bölgan va butun mamlakat böylab tarqalgan.

Ular rasman aholiga ijtimoiy yordamlar körsatiş maqsadida tuzilgan bölinmalardir. Bunday guruhlar tarkibida minglab a'zolar bor.