Ukraina markaziy saylov komissiyasi prezident saylovlariga nomzodlarni röyxatga oliş jarayonini yakunladi.
Umumiy hisobda röyxatdan ötiş uçun ariza topşirgan 91 kişidan 44 nafari röyxatga olingan.
Joriy yilda prezident kursisi uçun rekord sondagi nomzodlar kuraş olib boradi. Avvalgi rekord 2004 yilda qayd qilingan, öşanda saylovlarda 24 kişi iştirok etgan. 2014 yildagi saylovlarda esa 21 nomzod qatnaşgan.
Prezident lavozimiga nomzodlar orasida amaldagi prezident Pyotr Poroşenko, sobiq boş vazir Yuliya Timoşenko, şoumen Vladimir Zelenskiy bor. Aynan ular nomzodlar orasida ommaviylik reytingida yetakçilik qilmoqdalar.
Saylovlar 31 mart kuni bölib ötadi. Agar nomzodlardan birortasi 50 foizdan köproq ovoz töplay olmasa, 21 aprelda 2-tur bölib ötadi.













