Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan öqituvçilarning maoşidan uşlanib qolgan pullar örganildi.
Öqituvçilar maoşidan 500 ming sömdan uşlab qolinmoqdaInspeksiya xabariga köra, tumandagi 82 ta umumta'lim maktablarida işlovçi 5154 nafar pedagog xodimlarning 3115 nafaridan elektr energiyasi, tabiiy gaz, içimlik suvi va boşqa kommunal tölovlar uçun noqonuniy ravişda roziligi olinmay, iş haqidan uşlab qolingan.
«Mazkur holat böyiça aybdor bölgan Amudaryo tumani xalq ta'limi bölimi mudirining örinbosari R. Matqurbanov hamda Xalq ta'limi boşqarmasi Markazlaştirilgan moliya buxgalteriya xizmati boş hisobçisi M. Qalandarov Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi bilan eng kam iş haqining beş baravari (1 013 650 söm) miqdorida jarimaga tortildi», — deyiladi axborotda.
Ma'lum qilinişiça, Qoraqalpoğiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan mazkur huquqbuzarlik holati böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga 2019 yil 8 fevral kuni qonunbuzilişini bartaraf etiş va kelgusida yöl quymaslik yuzasidan belgilangan tartibda taqdimnoma kiritildi.
Şunga qaramay, Kun.uz muxbirida nusxasi mavjud tuman xalq ta'limiga yuborilgan MIB talabnomasida boşqa manzara aks etgan.
2019 yil 5 fevral kuni Amudaryo tumani MIB bölimi boşliği Ergaş Jumamurodov imzosi bilan tasdiqlangan talabnoma xatida (11/1288-19) xodimlarning iş haqidan kommunal tölovlar uçun uşlab qoliş masalasi bayon etilgan va reja belgilab berilgan. Mana şu reja 10 fevralga qadar mutasaddilar rejani bajarişi kerak edi. Oqibatda öqituvçilarning maoşidan asossiz pullar uşlab qolingani haqida barçamiz bildik.
Garçi Majburiy ijro byurosi Amudaryo tumani bölimi boşliği örinbosari Hasan Jumaqulov tölovlar uçun uşlab qolinadigan pullar işçilar ixtiyoriga köra amalga oşirilişini ta'kidlasa-da, talabnomada 10 fevralga qadar amalga oşirilişi lozim bölgan reja nega keltirilgani şubhani paydo qiladi. Balki bu masalaga prokuratura organlari tekşiruvi oydinlik kiritar.
Kun.uz suriştiruvi esa davom etmoqda.












