Tabiiy gaz ham neft singari jahon iqtisodida va insoniyat turmuşida muhim rol öynovçi boylik hisoblanadi. Ammo tabiat bu ne'matni yer yuzi böylab bir xil taqsimlamagan.
Dunyoda tabiiy gazning isbotlangan zaxiralari böyiça yetakçi davlatlarga oid turli xil ma'lumotlar uçraydi. Kimdir bu borada Rossiyani birinçilikka qöysa, yana qaysidir tadqiqot markazining hisob-kitoblariga köra Eron bu borada mutlaq yetakçi. Şuningdek Qatar va hatto Turkmanistonni ham tabiiy gazga eng boy hisoblovçi taşkilotlar bor.
Quyida e'tiboringizga sohaga oid tadqiqotlar va qaziş işlari borasida katta tajribaga ega bölgan British Petroleum transnatsional neftegaz kompaniyasi hamda Jahon energetikasining statistik tahlili (Statistical Review of World Energy) ma'lumotlari asosidagi 2018 yilda tuzilgan gazga (şu jumladan slans gaziga ham) eng boy davlatlar reytingi taqdim etiladi.
- Rossiya – 47,8 trln kub.metr
- Eron – 33,72 trln kub.metr
- Qatar – 24,07 trln kub.metr
- AQŞ – 8,7 trln kub.metr
- Saudiya Arabistoni – 8,6 trln kub.metr
- Turkmaniston* – 7,5 trln kub.metr
- BAA – 6,1 trln kub.metr
- Venesuela – 5,7 trln kub.metr
- Nigeriya – 5,47 trln kub.metr
- Xitoy – 5,44 trln kub.metr
* Ayrim ma'lumotlarga qaraganda Turkmaniston 17,5–25 trln. kub.metr zaxiraga ega. Ammo bu davlatda köp ma'lumotlar oşkor qilinmasligi bois raqamlar farqlanadi.
Tabiiy gazni qazib olişda esa reyting keskin özgaradi.
- AQŞ – yiliga 751 mlrd kub.m
- Rossiya – yiliga 642 mlrd kub.m
- Eron – yiliga 227 mlrd kub.m












