Samarqand tibbiyot institutiga pora evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan uyushgan jinoiy guruh a'zolariga hukm o‘qildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida sudya F.Samatov raisligida bir guruh shaxslarning o‘zaro jinoiy til biriktirib, firibgarlik (ya'ni aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini qo‘lga kiritish va mansabdor shaxsga pora berishga qiziqtirish maqsadida qo‘l urilgan jinoyat ishiga hukm o‘qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri Samarqanddan xabar bermoqda.
Sudlanuvchilar — K.Sh. (muqaddam sudlangan), F.M., B.M. (muqaddam sudlangan) va B.Q. 2018 yilning 23 iyul kuni fuqaro O.G‘afurovning jiyani V.Solodovchenkoni Samarqand tibbiyot institutiga o‘qishga kiritishga amaliy yordam qilishlarini aytib, shu institutda ishlovchi mansabdor shaxslar bilan gaplashib, o‘qishga kirgizib berishni va'da qilib, O.G‘afurovdan 14.000 AQSh dollari so‘rashadi.
Bu jinoiy rejaga ko‘ra, K.Sh. tibbiyot institutida test sinovlaridan o‘tkazib bera oladigan tanishi borligini aytadi, F.M. esa o‘zini shu institutda ishlovchi dekan sifatida tanishtiradi, B.M. va B.Q. ham voqeaning bevosita ishtirokchilari sifatida harakat qilishadi.
Biroq ularning rejasi ish bermaydi va Samarqand shahridagi restoranlandan birida 14.000 AQSh dollarini sanab olayotgan chog‘da huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalil bilan jinoyat ustida qo‘lga olinadi.
Sud majlisida sudlanuvchilar olingan pullarni aniq biror mansabdor va amaldor shaxsga berib, abituriyentni o‘qishga kiritish masalani hal qilish emas, K.Sh.ga pul kerak bo‘lgani uchun O.G‘afurovni aldab, pul ishlab olmoqchi bo‘lganini ta'kidlashgan.
Sud sudlanuvchilar — K.Sh., F.M., B.M. va B.Q.ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-, 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28-, 211-moddasi 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi.
K.Sh.ga nisbatan eng kam oylik ish haqining 100 barobari miqdorida jarima jazosi va 7,5 yil muddatga ozodlikdan mahum qilish jazosi, F.M.ga nisbatan eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida jarima jazosi va 5 yil muddatga ozodlikdan mahum qilish jazosi, M.B. va B.Q.ga nisbatan eng kam oylik ish haqining 70 baravari jarima jazosi va 5,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 15:00
-
Gurjistonda «O‘zgarishlar koalitsiyasi» yetakchisi Gvaramiya hibsga olindi
Jahon | 14:59
-
Javob raketalarni otgan Eron va Isroilga yordam berayotgan AQSh – kun dayjesti
Jahon | 14:14
-
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi
O‘zbekiston | 14:12
Mavzuga oid

23:40 / 10.06.2025
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj

10:23 / 10.06.2025
Fuqarolar huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolati kuchaytiriladi

15:27 / 09.06.2025
Xorazmda qishloq xo‘jaligi bo‘limi mas’ul xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

10:21 / 08.06.2025