Kun.uz saytida respublikaning turli hududlaridagi abgor köçalar holati yuzasidan aholi murojaatlari asosida muntazam maqolalar e'lon qilinib borilmoqda.
Tahririyatga şunday mazmundagi navbatdagi murojaat Samarqand viloyatidagi Paxtaçi tumani «Quvondiq» va «Sardoba» mahallalari aholisidan kelib tuşdi.
Uşbu murojaatni örganiş maqsadida Paxtaçi tumaniga yöl oldik. Aholining ta'kidlaşiça, uşbu mahallalar örtasidan ötgan köça juda abgor holatga kelib qolgan va bir neça yillardan buyon ta'mirlanmasdan qolmoqda.
Örganişimiz davomida uşbu köçaning holatini közdan keçirdik.
Haqiqatan ham köçaning ahvoli açinarli. Katta öyiq va çuqurlarga töla yöl yoğingarçilik tufayli loy va balçiqqa aylangan. Bu esa aholi va avtomobillar qatnoviga noqulaylik tuğdirmoqda.


Uşbu hududda 6-umumiy örta ta'lim maktabi joylaşgan. Erta tongdan maktabga yöl olgan öquvçilar loy yöldan qiynalib yurişmoqda. Loy keçib, maktabga yetib borgan öquvçilar maktabga kirişdan avval ariqdagi sovuq suvga qöllari sovqotib poyabzallarini yuvişga majbur. Aks holda, loy oyoq kiyim bilan maktabga kiritilmaydi.


Köçaning ikki tomonida joylaşgan «Quvondiq» va «Sardoba» mahallalari aholisi köça ta'mirlanişini sörab tuman, viloyat mutasaddilariga murojaat qilişgan. Ammo bu muammo bir neça yillardan buyon ijobiy hal etilmay kelinmoqda. Yoki faqat javob xatlari bilan çeklanmoqda.
Şu örinda Avtomobil yöllari davlat qömitasi Samarqand viloyati avtomobil yöllari hududiy boş boşqarmasidan murojaatçiga kelgan javob xatlari e'tiborimizni tortdi.
Uşbu boş boşqarma boşliği Q.Hasanov imzosi bilan 2018 yil 12 sentyabrda murojaatçiga yuborilgan 8-130-sonli javob xatida «Quvondiq» mahallasi hududida joylaşgan umumfoydalanuvdagi yölni ta'mirlaş 2019 yil I çoragida joriy ta'mirlaş mablağlari hisobidan Paxtaçi TYFUK tomonidan ta'mirlanişi bildirilgan.














