Jyenevadagi avtosalonda dunyodagi eng qimmat avtomobil taqdimoti ötkazilişi kutilmoqda. Mavjud ma'lumotlarga köra, uşbu avtomobil Volkswagen Group boşqaruv kengaşining sobiq raisi Ferdinand Piyex buyurtmasi bilan yagona nusxada işlab çiqarilgan.
Maşinaning narxi 16 mln yevro yoki 18,2 mln dollarni taşkil qiladi. Bu maşina markaning 110 yillik yubileyiga atab çiqarilgan va Jyenevada kompaniyaning stendida Chiron Sport 110 Ans Edition modeli bilan birga yetakçilik qiladi.
Avtomobil haqida hozirça batafsil ma'lumot yöq. Mutaxassislarning fikriça, avtomobilning negizida Bugatti Chiron giperkari yotadi, biroq kuzovi özgaça konstruksiya oladi. Bu avtomobil quvvati 1500 ot kuçidan yuqoriroq bölgan 8 litrli dvigatel yordamida harakatga keltiriladi.
Ta'kidlanişiça, Piyex 2017 yilda narx borasida örnatilgan rekordni yangilaşi mumkin. Öşanda noma'lum bölib qolişni istagan şaxs modifikatsiya qilingan Rolls-Royce Phantom Sweptail’ni 11,5 mln yevroga xarid qilgan.
Bugatti yubileyini yangi giperkar bilan nişonlaş bilangina kifoyalanib qolmaydi. Yirik sana munosabati bilan marka Chiron Sport modelining 110 ans Bugatti modifikatsiyasidan 20 dona çiqaradi. Bu modelning kuzovi va intereri özgaça köriniş oladi va u keng sotuvga çiqariladi.












