Kanada politsiyasi Ontario provinsiyasida deyarli zamonaviy qullar şaroitida yaşagan va farroşlik bilan şuğullanişga majbur bölgan 43 nafar meksikalikni ozod qildi.
Provinsiya politsiyasi ma'lumotlariga köra, meksikaliklar Kanadaga qonuniy iş yoki öqiş uçun kelişda yordam bergan kişilarga mömaygina pul tölaşgan, söngra esa provinsiyaning turli şaharlarida xonalarni tozalaş bilan şuğullanişlariga töğri kelgan. Ular oğir şaroitlarda yaşaşgan, topgan pullarining katta qismini esa “iş beruvçilar” tortib olgan.
Meksikaliklarni ozod qiliş böyiça maxsus operatsiya Barri va Vasaga-Biç politsiya bölinmalarining 250 xodimi tomonidan ötkazilgan. Hozirça heç kimga odam savdosi böyiça ayblovlar qöyilmagan, bu keyinroq qilinadi. Hukumat fuqarolardan ularda yana şunday holatlar böyiça ma'lumot bölsa, xabar qilişni söragan.












